• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Egasizlar qabristoniga ko‘milgan “Kreml malikasi”

    “Ibrat olinglar, men shunday odammanki, ertalab oshxonamda to‘rt yuz tuya so‘yilgan edi, kechqurun esa bitta it ovqatimni ko‘tarib qochyapti. Ertalab amir edim-u kechqurun asir bo‘ldim”.

    Nizom ul-Mulkning “Siyosatnoma” asaridan parcha

    Insonning hayoti bir soniyada mutlaqo o‘zgarib ketishi mumkin. Misol uchun, 18 yil Kremlning qizil taxtiravoniga egalik qilgan Leonid Brejnevning tantiq qizi, tom maʼnoda Sovet Ittifoqining birinchi raqamli “malikasi” hisoblangan Galina Brejnevaning hayoti ham birgina voqea ortidan ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi.

    Kun kelib kimsan Brejnevning qizi bor-budidan mahrum etilib, mol-mulki tortib olinib, hech narsasiz qariyalar uyida vafot etishi o‘sha vaqtda hech kimning yetti uxlab tushiga ham kirmagan edi! Xo‘sh, Galina Brejneva nega bunday xorlikda vafot etdi? Quyida shu haqida hikoya qilamiz.

    Birinchi muhabbat va ilk xato

    Galina Leonidovna Brejneva 1929-yil 18-aprel kuni Rossiyaning Sverdlovsk shahrida dunyo kelgan. O‘sha kezlarda uning otasi – Leonid Brejnev tuman ijroiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritar edi. Uning onasi – Viktoriya esa tug‘uruqxonada akusher bo‘lib ishlagan. Oradan 4 yil o‘tgach, Brejnevlar oilasida o‘g‘il farzand – Yuriy tug‘ildi. Galina Brejneva onasidan muloyimlik va samimiylikni, otasidan esa qatʼiylikni o‘rgandi.

    Yosh Galina maktabni bitirgach, otasiga kelajakda aktrisa bo‘lmoqchi ekanligini aytdi. Biroq Brejnev bunga qarshi chiqdi. Asta-sekin mansab pog‘onasidan yuqorilayotgan Brejnev qizini aktrisa emas, balki pedagog bo‘lishini istardi. Aktrisalik orzusidan voz kechishga majbur bo‘lgan Galina o‘zi istamasdan Orexovo-Zuyevskiy pedagogika institutining adabiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. Yosh Galinada adabiyot va kitobga zarracha ham qiziqishi yo‘q bo‘lib, u ko‘proq vaqtini chog‘ o‘tkazishni istardi.

    1950-yilda Leonid Brejnev Kreml tomonidan Moldova Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi etib tayinlandi. Oila Moldovaga ko‘chib kelgach, Galina Brejneva o‘qishini Kishinyov davlat universitetiga ko‘chirdi. Kunlarning birida shaharga sirk kelganini eshitgan Galina dugonalari bilan spektakl tomosha qilish uchun sirkka bordi. Kashtanrang sochli, ohu ko‘zli, qaddi-qomati kelishgan bo‘lajak “malika” o‘sha yerda tomosha ko‘rsatayotgan Yevgeniy Milayevni sevib qoldi. Eng qiziq tomoni, Galina sevib qolgan sirk aktyori undan 20 yosh katta bo‘lib, ayoli tug‘uruq vaqtida olamdan o‘tgandi. Shuningdek, Yevgeniy Milayevni egizak o‘g‘il farzandlari ham bor edi. “Sevgining ko‘zi ko‘r bo‘ladi”, deganlari shu bo‘lsa kerak.

    Galina Brejneva va Yevgeniy Milayev
     
    Foto: “dzen.ru”

    Lenid Brejnev o‘zining arzanda qizini juda yaxshi ko‘rardi. Shu sababdan ham ularning turmush qurishiga ruxsat berdi. Hatto ko‘p o‘tmay Brejnev kuyovini yoqtirib ham qoldi. 1951-yilda Galina Brejneva Evgeniy Milayevga turmushga chiqdi va shohona hayotini tark etib, SSSR sirkida kostyumer vazifasida dunyo kezishni boshladi.

    Biroq Galina tanlagan yo‘l to‘g‘ri bo‘lib chiqmadi. Davomiy tortishuvlar natijasida Galina sirkni tark etdi va eriga achchiq qilib o‘zidan 18 yosh kichik Igor Kor bilan nikohdan o‘tdi. Tantiq qizning qilgan ishi Moskvadagi Brejnevni g‘azablantirdi. U shu zahoti qizining Igor Kor bilan nikohini bekor qilish to‘g‘risida buyruq berdi va Galinani uyga qaytarib olib keldi.

    Galina Brejneva va Igor Kor
     
    Foto: “Novosti”

    Uchinchi turmush va pinhona brilliant savdosi

    1964-yilda Sovet Ittifoqining jilovi Xrushchyovdan Leonid Brejnevga o‘tgach, Galina Brejneva ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashdi. Shundan so‘ng bosh kotibning arzanda qizi har kuni tunda uyushtiriladigan ziyofatlarni qoldirmaydigan bo‘ldi. Galina Brejneva shunday ziyofatlarning birida podpolkovnik Yuriy Churbanov bilan tanishdi. Churbanov o‘sha vaqtda ichki ishlar qo‘shinlarida xizmat qilar va qamoqxonalar nazorati bilan shug‘ullanar edi.

    Oila qurish taklifi Sovet Ittifoqining birinchi raqamli “malikasi” Galina Brejnevadan chiqdi. Leonid Brejnev o‘zining shaddod qizini masʼuliyatli ofitser qo‘liga topshirishga rozi bo‘ldi. Ikki yoshning mo‘jazgina to‘yi bosh kotibning yozgi dachasida bo‘lib o‘tdi. To‘y vaqtida Brejnev erkatoy qiziga qarab “sirkchidan so‘ng endi turemshikka tegasanmi”, deb hazillashadi.

     
    KPSS Markaziy Komiteti bosh kotibi Leonid Brejnevning qizi Galina, eri Yuriy Churbonov (chapda) va SSSR ichki ishlar vaziri Nikolay Shchelokov, 1981-yil
     
    Foto: “RIA Novosti”

    To‘ydan ko‘p o‘tmay Yuriy Churbanovning martabasi ko‘tarildi. Hatto uni ayrimlar bo‘lajak SSSR ichki ishlar vaziri sifatida ko‘ra boshladi. Galina Brejneva va Yuriy Churbanov birgalikda 10 yilga yaqin shohona hayot kechirishdi. Bosh kotib Leonid Brejnev qizining hayoti o‘z iziga tushib ketgach, uni Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirligidagi bir lavozimga tayinladi.

    80-yillar boshida Galina Brejneva butun ittifoqdagi brilliant savdosini qo‘lga oldi. Erkatoy “malika”ga hech kim lom-lim deya olmadi. Biroq Leonid Brejnevning bir oyog‘i go‘rda ekanligini, Berejnev vafotidan keyin Moskva taxtiga o‘tirishini aniq bilgan KGB (Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) boshlig‘i Yuriy Andropov, tantiq “malika”ning yashirin biznesiga ko‘z yumib, qulay payt poylayotgan edi.

    Ichkilik va o‘lim

    1982-yil 10-noyabr kuni Sovet Ittifoqining bosh kotibi Leonid Brejnevning joni uzildi. Bu voqea nafaqat Galina Brejneva va Churbanovning, balki butun ittifoq hayotini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Brejnevning murdasi sovib ulgurmasdan KGB Galinaga tegishli barcha uylarda tintuv o‘tkazdi. Topilgan qimmatbaho taqinchoq buyumlar musodara etildi. Churbanov esa mamlakatda boshlanib ketgan “paxta ishi” ortidan qamoqqa tashlandi.

    Юрий Чурбанов на судебном процессе
     
    Yuriy Churbanov sudda
     
    Foto: “RIA Novosti”

    KGB Berejnevaning uyidan topilgan qimmatbaho taqinchoqlar qanday qilib, xorijdan kelib qolganini aniqladi. Maʼlum bo‘lishicha, taqinchoqlar yo‘lbars, ayiq, qoplon va bo‘ri kabi vahshiy hayvonlar saqlanadigan simto‘r uylarning tirqishlariga tiqib olib kelingan ekan.

    Leonid Brejnevning vafoti etishi Galina Brejnevadagi shuhrat, boylik va eʼtiborni o‘zi bilan olib ketdi. Olmos va o‘yin kulgini juda yaxshi ko‘rgan Brejneva hayotining so‘nggi yillarini yolg‘izlikda o‘tkazdi. Yolg‘iz qolgan sobiq “malika” ichkilikka ruju qo‘ydi. U 1996-yilda BBCga bergan intervyusida “shampansiz tura olmayman. Mening eng sevimli ichimligim – shampan” deb aytgan edi.

    Bir vaqtlar SSSR Madaniyat vazirligida ishlagan o‘zbekistonlik yozuvchi Nurali Qobul o‘zining “Sukut suiqasdi yoxud Stalindan Saddamgacha” kitobida Yuriy Churbanov uning do‘sti bo‘lganini va u bilan bog‘liq bir qancha voqealarni yozgan:

    “Leonid Ilich vafot etdi. Qoralandi. General Yuliy Churbanov qamoqqa hukm etildi. Ozodlikka chiqqach, moskvalik do‘stlar bilan zo‘rg‘a topdik. Uy-joysiz qolib, eski bir sevgilisining kvartirasida yashar ekan. Bizni ko‘rib, ho‘ngrab yig‘lab yubordi. U “egnimda boshqa kiyimim yo‘q. Generallik shlemimni Galina ming dollarga sotib, ichib yubordi” – dedi ko‘zi yoshlanib”.

    1996-yilda Galina Brejnevadan intervyu olgan ingliz jurnalisti uni tasvirlar ekan, Brejneva 58 yoshda bo‘lishiga qaramay uning tashqi ko‘rinishidan 70 yoshdagi ayolga o‘xshashini yozgan. 90-yillar boshida sobiq “malika” alkogolizmdan qutulish uchun bir necha marotaba kasalxonaga yotdi. Biroq uning xotirasida qolgan chuqur ruhiy yaralar unga tinchlik bermadi. Galina Brejneva har safar o‘tmishni yodga olar ekan ko‘zi namlanib, achchiq xotiralarni unutish uchun alamini shampandan olardi.

    Родственники Брежнева на его похоронах, 15 ноября 1982 года
     
    Brejnevning qarindoshlari dafn marosimida, 1982-yil 15-noyabr
     
    Foto: “RIA Novosti”

    Leonid Brejnev yozgi dachasining yon-atrofida yashaydigan kishilar bor-budidan ayrilgan “Kreml malikasi” tunda o‘zi yashirgan zargarlik buyumlari hali ham bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun belkurak bilan bog‘ni kezib yurganiga guvoh bo‘lishgan.

    Bir vaqtlar Kremlning birinchi raqamli “malikasi” – Galina Brejneva 1998-yil 30-iyul kuni Moskva yaqinidagi qariyalar uyida xor-u zor bo‘lib hayotdan ko‘z yumdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, jon taslim qilish arafasida Brejnevaga faqatgina Kremlda o‘tkazgan xotiralari hamrohlik qilgan xolos. Oilasi va yaqinlari tomonidan unutilgan Galina Brejneva egasizlar va g‘ariblar qabristoniga dafn etildi.

    Sardor Ali

    26.11.2023, 20:15   Izoh (0)   39603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Meta matbuot kotibini qidiruvga berdi

    26.11.2023, 17:00

    Rossiyaning to‘rt hududida 20 ta dron urib tushirildi (video)

    26.11.2023, 17:40

    “Ayollarga nisbatan oilaviy zulmga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” — “Tolibon”

    26.11.2023, 18:30

    Makron Fransiyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilmoqchi

    26.11.2023, 19:35

    Dunyodagi eng katta aysberg 30 yil ichida birinchi marta harakatlana boshladi

    26.11.2023, 18:55

    HAMAS garovga olingan isroilliklarning ikkinchi guruhini ozod qilishni kechiktirdi

    25.11.2023, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.