• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tangri yaratgan juftlik. Namanganlik Umarovlar oilasi turmush qurganiga 70 yildan oshdi (video)

    Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘rg‘oncha” mahallasida yashovchi Umarovlar oilasi yaqinda 70 yillik yubileyni nishonladi: Abdujabbor ota va Sharofatxon ayaning turmush qurganlariga aynan shuncha vaqt bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Uchqo‘rg‘onda bo‘lib, ushbu oila aʼzolari bilan muloqotda bo‘ldi.

    “Bormaganim Amerika va Germaniya qoldi, xolos”

    Abdurahmon ota Umarov, 93 yosh, mehnat faxriysi

    Asli Chortoq tumanining Koroskon qishlog‘idan bo‘lamiz. O‘tgan asrning 20-yillari oxirida, Uchqo‘rg‘onda Lenin nomli davlat xo‘jaligi tashkil etilganidan so‘ng bu yerga ko‘chib kelganmiz. Maktabni tamomlaganimdan so‘ng ikki yil tabelchi bo‘lib ishladim. Ikki brigadaning hisob-kitobi qo‘limda edi. Bir kuni tuman markaziga borganimda o‘quv kombinatidagi bir yillik traktorchilar kursi haqidagi eʼlonga ko‘zim tushib qoldi. Qiziqdim, hujjatlarni topshirdim. Kunning birinchi yarmida tabelchilik qilaman, keyin borib kursda o‘qiyman.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    O‘qish yakunlangach qishloqqa qaytib, garajda ishlay boshladim. Traktorlarga qarardik, taʼmirlardik. Bahor kunlarining birida makka ekayotgan traktorchi betob bo‘lib qoldi va menga mashina boshqarishni ishonib topshirishdi. Yaxshi uddaladim shekilli, keyin paxta dalasiga tushdim.

    Shu tariqa bir umrlik kasbga ega bo‘ldim. Obro‘-eʼtiborga ega bo‘ldim, mukofotlar berishdi, sayohatlarga yuborishdi. Bormaganim Amerika va Germaniya qoldi, xolos. Tumanda birinchilardan bo‘lib “Jiguli” avtomobil oldim.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Sharofatxon qarindoshimiz bo‘ladi, ular ham Chortoqdan. Ko‘ngil qo‘ydim, sovchi yubordik. 1952-yili to‘yimiz bo‘lib o‘tdi. Birin-ketin farzandlarimiz dunyoga keldi. Shuncha yil turmush qurishimiz, oilamiz mustakam bo‘lishiga kampirim, qolaversa, farzandlarim sababchi. Chunki rafiqam menga yaxshi qaragan, farzandlarim esa yuzimizni yerga qaratmagan. O‘g‘illarimiz biz tanlagan qizlar bilan turmush qurishdi, qizlarimiz oilamizga maʼqul kelgan yigitlarga turmushga chiqishdi.

    “Yelkamizdan ketmon, qo‘limizdan belanchak tushmasdi”

    Sharofatxon aya Umarova, 90 yosh, uy bekasi

    Oilada hamma narsa bo‘ladi, gap-so‘z o‘tmaydigan turmushning o‘zi yo‘q. Qiyinchilik va mashaqqatlarga chidaganmiz, sabr qilganmiz. Boshimizda ketmon, qo‘limizda belanchak, dalaga chiqqanmiz. Bir kun daladan kelib non yopardim, ikkinchi kun kelib kir yuvardim. Undan tashqari, taom tayyorlash, bola-chaqani tarbiyalash, mol-qo‘yga qarash ham zimmamda bo‘lgan.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Bolalar hech qachon yolg‘on gapirishiga yo‘l qo‘ymaganman, otalari buyurib ketgan topshiriqlarni qildirtirganman. U kishi kelib hammasini tekshirib olardi, keyin yana navbatdagi vazifani aytib ketardi.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Turmushimiz davomida 6 o‘g‘il, ikki qiz ko‘rdik. O‘g‘illarning kattasi Abukarim va qizlarning kattasi Karomat dadalarining ortidan ketishdi: biri traktorchi bo‘ldi, ikkinchisi xo‘jalikda hisobchi. Qolganlari— Abduvahob o‘qituvchi, Abdurasul muhandis, Abduhakim, Zamiraxon va Abdulhamid shifokor, Abdujalil usta. Ular allaqachon o‘zlari oilaboshi bo‘lib, bola-chaqali, uvali-juvali bo‘lib ketishdi. Bu darajaga yetishlarida otalarining o‘rni, xizmati juda katta.

    “Baxtli oilaning asosi — yolg‘on ishlatmaslik, mehnat va intizom”

    Abduvahhob Umarov, 67 yosh, nafaqadagi o‘qituvchi

    Bolalik paytlariz bo‘sh vaqtimiz bo‘lmasdi: o‘qish, maktab va mehnat. Dadam rag‘batlantirishni yaxshi usulini topgan edilar: 5 baho uchun 20 tiyin. Shunchalik ko‘p aʼlo baho olardik, senlarga yetkazolmas ekanman deb oxiri qo‘l ko‘tardilar.

    Dadam oila taʼminotini joyiga qo‘yib qo‘yardilar. Javonlarida doim pul turgan, bizga nimadir zarur bo‘lsa onamga aytardilar va shu bilan ishimiz bitardi. Nafaqaga chiqqandan keyin ham bog‘imizdan bo‘shamasdilar. Bu bizga ham o‘tgan, ekin-tikinga qarashni yaxshi ko‘ramiz.

    Foto: Asilbek Abduvaliyev

    Ota-onamizdan mehnatsevarlik, intizom va yolg‘on ishlatmaslikni o‘zimizga qoida sifatida olganmiz. Baxtli, mustahkam va uzoq davom etadigan turmushning asoslari ham shu bo‘lsa ajab emas.

    Bizning oilamiz jamlansa ota xonadon bamisoli to‘yxonaga o‘xshab ketadi. Hazilakam gapmi, 6 nafar farzanddan tashqari 34 nafar nabira, 46 nafar chevara va hatto 2 nafar evara ham bor. Bu gal hammani jamlay olmadik, yoshlarimizdan bir qismi Toshkentda va xorijda tahsil olyapti...

    19.11.2023, 22:12   Izoh (0)   14439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xunuk holat pedagog obro‘siga putur yetkazadi”. Mas’ullar o‘quvchining ketiga tepgan direktor voqeasiga munosabat bildirdi 

    19.11.2023, 21:26

    Andijonlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: “Yangi darsliklar o‘qishga qiziqmaydigan bolani ham qiziqtira oladi”

    19.11.2023, 18:31

    Toshkentdagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

    19.11.2023, 16:32

    Qashqadaryoda sud qarorlarining 60 foizdan ko‘pi ijro qilinmagani ijro organlarining loqaydligi bilan izohlangandi. Mas’ullar buni rad etmoqda 

    19.11.2023, 15:35

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi

    19.11.2023, 15:17

    O‘zbekiston Advokatlar palatasiga yangi rais saylandi

    19.11.2023, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34

    Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:26

    “Vodiy derbisi”, muxlislarga to‘la stadion va so‘nggi daqiqalardagi gol: “Andijon” va “Navbahor” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 13 avgust, 13:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.