• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: “Yangi darsliklar o‘qishga qiziqmaydigan bolani ham qiziqtira oladi”

    Maktab darsliklari zamonaviy ta’lim standartlariga javob berishi barobarida o‘quvchini qiziqtirishi va fanga bo‘lgan mehrini uyg‘otishi kerak. Boshlang‘ich sinf darsliklarining tubdan yangilangani nafaqat o‘quvchi va o‘qituvchilarni, balki ota-onalarni ham quvontirgani aytilmoqda. Tan olish kerak, bu borada tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. 

    Xo‘sh, 2023/2024-o‘quv yilida taqdim etilgan darsliklar avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov o‘n yildan buyon Andijon tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinfda dars berib kelayotgan Ilmira Musina bilan suhbatlashdi. 

    Ilmira Musina.
    Foto: “Daryo”
    Ta’lim sohasida yigirma yildan oshiqroq vaqtdan beri ishlayman. Dastlab oliy ta’lim dargohida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlagan bo‘lsam, o‘n yildan buyon ushbu maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelyapman. Pedagoglik kasbining aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchiligini tanlaganimda xursand bo‘laman. Chunki beg‘ubor bolajonlarga dars o‘tish orqali o‘zimga energiya olaman. Ular bilan ishlash katta yoshdagilar bilan ishlashdan ko‘r zavqli va boshqacha, — deydi Ilmira Musina.

    Suhbatdoshimizning aytishicha, yangi darsliklar avvalgilariga nisbatan o‘zining rang-barangligi hamda o‘quvchilar uchun berilgan topshiriqlarning qiziqarli ekanligi bilan farq qiladi.

    Yangi darsliklar haqida aytadigan bo‘lsam, darsliklar 4K moduliga tayanib tayyorlangan bo‘lib, yangi metodikalar asosida o‘qitishimiz uchun har tomonlama qulaylik yaratmoqda. O‘quv yili avvalida darsliklarni qo‘lga olar ekanmiz birinchi navbatda ularning muqovasi va sahifalari uchun tanlangan ranglar e’tiborimni tortdi. To‘g‘risi darsliklardagi rang-baranglikni ko‘rib, eng avvalo o‘zimiz bolaga o‘xshab quvondik. Mavzular bilan tanishib chiqish maqsadida sahifalarni ochib qaraganimizda nafaqat mavzu balki berilgan topshiriq va vazifalarning bir-biridan qiziqarli ekanligi bilan ham bizda yaxshi taassurot qoldirdi.

    O‘quvchilarimiz kichik yoshdagilar bo‘lgani uchun kuz-qish mavsumi va bahor arafasida ularning tez-tez kasal bo‘lish holati uchraydi. Bu esa mavzularni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga to‘siq bo‘lar edi. Yangi darsliklarda uyda yoki shifoxonada davolanayotgan darslarda qatnasha olmagan o‘quvchilarning boshqa sinfdoshlari bilan mavzularni teng olib ketishi uchun ham imkoniyati yaratilgan. Ya’ni har bir mavzu so‘ngida Quar-kodlar joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali mavzularni mustaqil o‘rganishi mumkin.

    Bir narsani alohida qayd etmoqchiman, aksariyat ota-onalarimiz rus tilini bilmaydi, bu esa biz o‘qitayotgan bolalarning o‘zlashtirishida ham  qiyinchilik tug‘dirar edi. Quar-kod orqali kirilganda mavzular video tarzida qo‘yilgan bo‘lib, nafaqat o‘quvchilarning balki ota-onalarning ham rus tilini o‘rganishiga yoki nazorat qilishiga xizmat qiladi, —  deydi suhbatdosh o‘qituvchi.

    Pedagogning ta’kidlashicha, asosiy fanlar to‘rt qismga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida choraklarda o‘qitiladi. Shuningdek, dasrliklar oxirida nakleykali stikerlarning joylashtirilganligi o‘quvchining kayfiyati va qanchalik o‘zlashtirganligini anglashga xizmat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fani kiritildi. Biz boshida ushbu fan kiritilganda hayron bo‘ldik va qanday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatikani tushuntira olamiz, deb o‘yladik. Lekin tanishish asnosida fan mavzulari atrofimizdagi olam bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib, haqiqatan judayam kerakli fan ekanligini tushunib yetdik.

    Yana bir qulaylik tomoni shundaki asosiy, kundalik o‘qitiladigan fanlarning darsliklari to‘rt qismga bo‘lingan, ya’ni har bir chorak uchun alohida kitoblar tayyorlangan. Ayrim fanlarda esa ikki qismga bo‘lingan. Avvalari har bir fan to‘liq bir kitob shaklida chiqarilar edi va kitoblar yil davomida olib yurilardi. Natijada kitoblar urinib, ko‘rimsiz holatga kelib qolishiga sabab bo‘lardi. Endilikda birinchi chorakda o‘qilgan kitoblar keyingi choraklarda ishlatilmaydi. Har bir chorak boshida o‘quvchilar darsliklarni yangi holatda qo‘llariga olishadi. Bolalar shu darsliklarga qarab, kitoblarni yaxshi holatda saqlab qolishim kerak ekan, degan fikrga borishyapti va qanday holda olingan bo‘lsa shunday tarzda topshirilmoqda.

    Bu yildan boshlab, darsliklarimizga qo‘shimcha ravisha daftarlar ham berilayapti. Ularda juda qiziqarli topshiriqlar ham berilgan bo‘lib, uyga vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga undaydi. Bu o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishga katta hissa qo‘shyapti. Yana bir ajoyib qo‘shimchalardan biri darsliklarning oxirgi betida turli kayfiyatni aks ettiruvchi nakleykali stikerlar bor. Ushbu stikerlar bolajonlarga juda ham yoqayapti. Ular har bir darsdan so‘nggida shu nakleykali stikerlardan foydalanib, qanday ishtirok etgan bo‘lsa shunga mosini qo‘yadi mavzu joylashgan sahifaga yopishtirib qo‘yadi, — deydi pedagog.

    Ilmira Musinaning aytishicha, yangi darsliklar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda ham o‘quvchilarga vaqt ajratishiga zamin yaratgan. 

    Avvallari ishdan tashqari ko‘proq vaqtimizni keyingi kungi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni turli o‘quvchini qiziqtirish mumkin bo‘lgan narsalarni chiqarishga sarflagan bo‘lsak yangi darsliklarimiz bunga barham berib, bizni hattoki darsdan tashqari ham bolajonlarimiz bilan qo‘shimcha ishlashga imkon yaratayapti. Bundan tashqari biror narsa chiqarish uchun sarflab kelgan mablag‘larimizni tejayapmiz. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsa, oldingi darsliklarimiz mualliflari ta’lim sohasida ishlagan bo‘lsa ham bolalar bilan ishlamaganliklari uchun o‘quvchini qiziqtirishi qiyin edi. Yangi darsliklarning mualliflarining aksariyati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari bo‘lganligi bois har bir o‘quvchining harakteridan kelib chiqib, tayyorlanganligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa o‘yinqaroq, qiziqmaydigan yoki o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan bolalarni ham o‘ziga jalb etib, o‘qishga qiziqtira olyapti,  — deydi Ilmira Musina.
    19.11.2023, 18:31   Izoh (0)   78684
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

    19.11.2023, 16:32

    Qashqadaryoda sud qarorlarining 60 foizdan ko‘pi ijro qilinmagani ijro organlarining loqaydligi bilan izohlangandi. Mas’ullar buni rad etmoqda 

    19.11.2023, 15:35

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi

    19.11.2023, 15:17

    O‘zbekiston Advokatlar palatasiga yangi rais saylandi

    19.11.2023, 14:21

    “O‘zgidromet” 20-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

    19.11.2023, 11:31

    O‘zbekistonda ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni haydashga ruxsat berilishi mumkin

    19.11.2023, 10:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.