O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19−22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi.
XKP Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida TIV rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqotni o‘tkazadi.
Aprel oxirlarida Baxtiyor Saidov xitoylik hamkasbi Sin Gan bilan muzokara o‘tkazgan edi. Shuningdek, u o‘shnda Shensi provinsiyasi partiya kotibi Chjao Ide bilan uchrashib, O‘zbekiston—Xitoy hududlararo aloqalarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan.
Izoh (0)