Mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli vertolyot 17-noyabr kuni halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17-noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli Mi-8 vertolyoti “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi.
Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Ayni vaqtda hodisa joyida maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)