Finlyandiya chegarachilari velosiped va piyoda mamlakat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan rossiyaliklarga qarshi gaz qo‘lladi, deb xabar beradi Yle.
Finlyandiyaning Shimoliy Kareliya chegara xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samuli Murtonenning so‘zlariga ko‘ra, bir guruh shaxslar chegarachilarning buyrug‘iga bo‘ysunmagan.
“Vaziyatni nazoratga olish uchun imkon qadar eng yumshoq vositani qo‘llash keldi va gaz sepildi”, — deydi amaldor.
Qayd etilishicha, 30 kishidan iborat guruh Rossiya—Finlyandiya chegarasiga 17-noyabr kuni kechasi piyoda va velosipedlarga kelgan. Ular chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, bittasi hatto chegarachilar oldidan yashirincha o‘tishga uringan. Samuli Murtonenning qo‘shimcha qilishicha, jabrlanganlarga tibbiyot xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatilgan.
Avvalroq Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi sakkizta nazorat-o‘tkazish punktidan to‘rttasini yopishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)