• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Zulxumor Mo‘minova 63 yoshda: Moskva metrosida farroshlik qilgan, san’atkor bilan turmushi uzoqqa bormagan aktrisaning hayot va ijod yo‘li (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulxumor Mo‘minova 11-noyabr kuni 63 yoshni qarshi oldi. Uning ishtirokidagi “Qor qo‘ynida lola”, “9 oy”, “Suv yoqalab”, “Hayotda...”, “Ibrat” kabi filmlar kinomuxlislar uchun hamon sevimli. “Qish sonatasi”, “Saroy javohiri” kabi chet el seriallarining bosh qahramonlariga bergan ovozi orqali ham minglab insonlar qalbiga kirib borgan. Quyida aktrisaning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    Hayotimdagi eng baxtli yillar

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    — Talabalik davrini hech ikkilanmay hayotimdagi eng baxtli yillar deb atay olaman. 17 yoshimda VGIKka kirgan bo‘lsam, deyarli 10 yil bu haqda orzu qilganman. Bu orzum amalga oshishini tasavvur qila olmaganman. Uni hech qachon ushalmasa kerak, deb o‘ylardim. Chunki VGIKka kirib o‘qish u paytda juda katta narsa edi. Hech qanday tanish-bilish yoki pul yordam bermasdi, bepul o‘qilardi. U yerda o‘qish uchun faqat iste’dod talab qilinardi. Talabalikda hamma narsa bo‘ladi. Birinchi muhabbat, birinchi to‘ylarimiz. O‘zbekistondan 14 kishi ketganmiz. Bayramlarda 16 qavatli yotoqxonamizning hovlisida qozonda oshlar qilardik. To‘ylar ko‘p bo‘lardi. Ko‘pchiligimiz kursdoshlarimizga yoki boshqa kursdagilarga turmushga chiqib, o‘sha yerda to‘y qilganmiz.

    Talabalikdagi qiyinchiliklar

    — Talabalik payti 43 yoki 42 rubl stipendiya olardik, bu pul xarajatlarimizga yetmasdi. Moskva katta shahar— muzeylar, ko‘rgazmalar, teatrlar, do‘konlar ko‘p. Yetkaza olmasdik. Ko‘p eslayman, o‘shanda Toshkentda onam o‘zlari qolgandilar. Bizni, to‘rt farzandni yolg‘iz o‘zlari katta qilganlar. Qiyinchiliklarga qaramay menga yordam berishga harakat qilganlar. Kimlardir ota-onasidan 40-45 so‘m olsa, men pochtadan onamdan kelgan 20-25 so‘mni olardim. Lekin shu pul ham ko‘zimga katta ko‘rinardi. O‘sha pulga keyin onamga nimadirlar olib, xuddi o‘zimning pulimga olganday, poyezdlarda qaytarib yuborardim. Judayam chanqoq, hayotdan ko‘p narsa kutgan damlarim. Chunki hayotdagi eng katta orzungiz ushalganidan keyin, qolgani o‘z-o‘zidan bo‘lib ketaveradi, deb o‘ylaysiz.

    Maktabi haqida

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    — Maqsadim yo‘lida hech ham to‘xtamasdim. Bolaligimda boshqa tumanda tursam ham, yuqori sinfni 110-maktabda o‘qiganman. Bu maktabda juda ko‘p aktyorlarning bolalari o‘qirdi, kinoda suratga tushadiganlar bor edi. Buni bilardim. Aynan 110-maktabda keyinchalik kursdoshim bo‘lgan Jahongir Fayziyev bilan tanishganman, kinoda o‘ynagan Nargiza Avazova degan qizimiz bo‘lardi. Maktab uzoq bo‘lsa ham erinmay qatnardim. Avval Toshkentning maktabdan uzoq boshqa tumanidan, keyin esa Yangiyo‘ldan poyezdda maktabimga kelardim. Hammasi bir maqsad uchun — kino olamiga yaqin bo‘lish uchun qilingan.

    San’atga tashnalik

    — Kichkinaligimdan san’atga ehtiyojim kuchliligini bilganman. Vaqt o‘tgan sari bu narsa o‘zgarmadi. Rol ijro etishdan boshqa hech narsa kerak emas. Pul yoki mashhurlik, bular ham kerak, lekin birinchi o‘rinda emas. Birinchi o‘rinda rol kerak. Agar ichimdagi orzu-armonlarimni ochib bera oladigan obraz bo‘lsa, puliga ham qaramay ijro etib berishga tayyorman.  “Ibrat” filmida qalin qor ustida yarim kun yugurdim, choponim tepasigacha ho‘l bo‘lib ketdi. Lekin ishlayotganingizda buni sezmas ekansiz. Shuning uchun aktyorlar boshqacha odamlar, desam ko‘pchilik tushunmaydi. Aslida aktyorlar rol uchun yaxshi narsalarga ham, yomoniga ham tayyor odamlar.

    Teatrda faoliyatini davom ettirmagani sababi

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    — Afsuski, teatr bo‘lmadi hayotimda. Bu mening eng katta afsuslarimdan biri. Kinoga va o‘zimga juda ishonib yuborganim bunga sabab bo‘ldi. Institutdan keyin ozgina ishladik “Ilhom” teatrida, keyin bir-ikkita suratga olish ishlari boshlanganidan keyin ketib qoldim. Endi kinolardan takliflarning keti uzilmaydi, deb o‘ylab, teatrni tashlab yubordim. Aqlli kursdoshlarim teatrda qolishdi va bundan faqat yutishdi.

    Moskva metrosida ishlagani haqida


    — Talabalik davrida moddiy tomondan qiynalganim uchun ishlashga qaror qilganman. Chunki boshqa kursdoshlarim ishlab, pul topardi. Lekin ertalab o‘qishga ketaman, kechki payt repititsiya. Ishlash uchun faqat kechasi qolardi. Shu tarzda Moskva metrosiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kirganman. Kechasi 23:00 da ishga borib, metroni tozalardim. Ertalab tezda yotoqxonaga kelib, kiyimimni almashtirib, o‘qishga ketardim. Metroda ishlaganimni kursdoshlarimdan, hatto onamdan ham sir tutganman.

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    Nega filmlarda kam suratga tushadi?

    — O‘ynagan filmlarim chiqsa 10 ta yoki 15 ta. Lekin bu filmlardagi rollar meni uyaltirmaydigan rollar. Bu filmlarda astoydil ishlaganman. Men 5-6 ta film ichidan aynan o‘sha filmni tanlaganman va borimni berib ishlaganman. 

    “Sevgi afsonasi” hind filmidagi ishtiroki haqida

    — O‘qishni tamomlashim bilan 1983-yilda Hindistonga jo‘nab ketganman. Rejissor Latif aka “Shu qizimni bir Hindistonga olib boray”, degan bo‘lsa kerak. U rolning yuki yo‘q. Hind filmlarida asosan e’tibor bosh qahramonlarga qaratiladi. Bosh rolni o‘ynagan Punamning oldida doim uchta dugonasi yuradi. Ulardan ikki nafari hindistonlik, biri men edim.

    “Dublyaj – og‘riqli nuqtam”

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    — Dublyajning ijodimdagi o‘rni juda katta. Ushbu soha orqali xalqqa tanildim, farzandimni institutda o‘qitdim va tirikchilik qilyapman. Xontaxta filmlar va seriallarda suratga tushmayman, to‘ylarga xizmatga chiqmayman. Shuning uchun ham men faqat dublyaj sohasidan daromad topaman. Dublyajda men bilgan birga ishlagan va ishlayotgan yoshidan qat’iy nazar barcha rejissorlardan hamisha minnatdorman.
    Afsuski, so‘nggi yillarda tezkorlik sabab dublyajning darajasi tushib ketdi. Dublyajda ham aktrisa sifatida borimni berib ishlashni istardim, biroq... Ochig‘i, dublyaj haqida gapirishni istamayman. Dublyaj — og‘riqli nuqtam.

    “U davrlar baxtli onlarim bo‘lgan”

    — “Qish sonatasi”ning dublyajida qatnashayotgan paytim, ya’ni 2003-yilda bugungi o‘zbek kinosining mahoratli rejissorlari – Yolqin To‘ychiyev va Ayub Shahobiddinov bilan tanishganman. Ular o‘sha vaqtda Cho‘lpon asari asosida yozilgan ssenariy bo‘yicha yaratilgan “Qor qo‘ynida lola” filmiga aktrisa qidirishgan.
    Ikkisining keyinchalik menga aytishicha, rolga munosib aktrisa topa olmay yurgan vaqtida qaysidir telekanalda men bergan intervyuni ko‘rib qolishgan. Keyin yaqindan tanishganmiz va menga film ssenariysi ma’qul kelib, rol o‘ynashga rozilik bildirganman. Suratga olish davrida “Qish sonatasi”ning dublyaj jarayoni ham kechayotgan edi.

    Bu loyihalar bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi bois kuchli tuyg‘ular ichida qolib ketganman. Birinchidan, uzoq yil kutgan rejissorlarim va rolimni uchratganimdan o‘zimni baxtli his etganman. Ikkinchidan, baxtni qidirgan odamlar taqdiri aks etgan serialga ovoz berganimdan quvonganman. Bu, albatta, omadga bog‘liq. O‘sha paytda yillar davomida ichimda yig‘ilgan dardlar, tuyg‘ularim va bor kuchimni berib, ijod qilganman.

    Yujinga ovoz berish orqali aytolmagan gaplarimni aytishga, tuyg‘ularimni singdirishga uringanman. U xotiralarning hammasi esimda. Ammo o‘sha vaqtda barchasi tushdagidek kechgan, o‘zimni tushdagidek his etganman. U davrlar baxtli onlarim bo‘lgan, — deb o‘tgan yillarini xotirlaydi aktrisa.



    Shaxsiy hayoti haqida


    Zulxumor Mo‘minova Moskvada o‘qib yurgan kezlari kursdoshi Zokir Mo‘minov bilan bir-biriga ko‘ngil qo‘yishadi. 4-bosqichda tahsil olayotgan ikki talaba ham Toshkentda, ham Rossiyada to‘y qilishadi. Moskvadagi yotoqxonada o‘tgan to‘yda katta qozonda osh pishiriladi. 1985-yilda ular o‘g‘il farzand ko‘rishadi va Umid deb ism qo‘yishadi.

    Zulxumor Mo‘minovaning marhum turmush o‘rtog‘i Zokir Mo‘minov
    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan


    — Aktyor bilan aktyor yashab ketishi qiyin. Sababi har bitta aktyor o‘ziga xos olam. Hech kim hech qachon o‘z olamidan voz kechib, boshqa birovning olamida yashab keta olmaydi. Chunki o‘z olamidan voz kechish, ishidan voz kechish degani. Ikki san’atkorning bitta oilada munosib tarzda, o‘zini asrab qolgan holda, o‘z dunyosini saqlagan holda yashab ketishi juda katta mardlikni talab qiladi. Biz Zokir bilan ko‘p yashamadik, afsuski. Shuning uchun bu davrlardan o‘ta olarmidik, yo‘qmi, bilmayman. Zokir ham kasbini juda yaxshi ko‘rardi. Birga yashaganimizda nima bo‘lardi, buni bilish menga endi qorong‘i.

    Foto: Zulxumor Mo‘minovaning shaxsiy arxividan
     

    Farzandi haqida

     — O‘g‘lim haqida o‘ylasam, qo‘rqib ketaman. “Bolangsiz bu dunyoda qanday yashayapsan?”, deyman. Mana hozir 38 ga kirdi. 25 yoshigacha yonimda bo‘ldi. Nafas olsa, nafas olganman. Kulsa, kulganman, yig‘lasa, yig‘laganman. Butun hayotim bolam bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozirda ba’zan dahshatga tushaman. “Nahotki o‘g‘limsiz yashayapman?”, deyman. O‘g‘lim yonimda emasligini tasavvur qila olmayman. Bu hayotim boshqa hayot-u, o‘g‘lim bilan yashagan hayotim boshqa hayotdek tuyuladi. Lekin bir narsa menga taskin beradi: Kasbini yaxshi ko‘radi, unda o‘sishga harakat qilyapti, o‘g‘lim o‘z hayotini yashayapti.  

    14.11.2023, 11:52   Izoh (0)   85074
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zulxumor Mo‘minova: Umidimni yer-u ko‘kka ishonmayman

    25.04.2015, 20:47

    “Qish sonatasi”dagi Yujin va “Saroy javohiri”dagi Tangemni o‘zbekcha gapirtirgan aktrisa Zulxumor Mo‘minova 61 yoshda (foto)

    12.11.2021, 15:35

    Ismidan boshqa hech bir jihati bilan prototipiga o‘xshamaydigan mum haykallar (foto)

    13.11.2023, 15:43

    “Taqdirimni Xudo belgilagan deb o‘ylardim. Endi bilsam, la’nati prodyuser o‘z shousining reytingi uchun butun hayotimni dasturlagan ekan…” — “Truman tomoshasi” fil...

    11.11.2023, 21:40

    Foto: Bred Pitt 40 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

    09.11.2023, 15:48

    83 yoshli Al Pachino shu yili tug‘ilgan farzandi uchun oyiga 30 000 dollardan aliment to‘laydi

    08.11.2023, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.