Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,84 so‘mga oshib, 12 289,98 so‘m bo‘ldi. Yevro 42,63 so‘mga oshib, 13 169,94 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,09 so‘mga oshib, 134,50 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi, ketma-ket ikki kun pastlab, 12 270,11 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi. Kecha esa ko‘tarilib, 12 281,14 so‘m bo‘lgan.
Izoh (0)