• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Onix’ning sotuvda yo‘q modellari qimmatlashdi. Ular tez kunda sotila boshlashi mumkin

    UzAutoMotors besh pozitsiyadagi Chevrolet Onix avtomobillarining narxlarini oshirdi. Ammo hozir ular sotuvda mavjud emas.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Chevrolet.uz” saytidagi yangilangan maʼlumotlarga qaraganda Onix narxlari 19 foizgacha oshirilgan. Xususan, Chevrolet Onix LS MT narxi 176,9 million so‘m ko‘rsatilgan. Avtomobil avval 149 million so‘mdan sotilgan.

    Saytda Chevrolet Onix 1LT MT narxi 180,8 million so‘m (oldingi narx 155 million so‘m), Chevrolet Onix 4LT LTZ Turbo AT narxi esa 199,9 million so‘m (eski narx 185 million so‘m) ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, Chevrolet Onix Premier 1 narxi 207,3 million so‘mdan 211,9 million so‘mgacha, Chevrolet Onix Premier 2 narxi 214,7 million so‘mdan 219,6 million so‘mgacha qimmatlashgan.

    Hozircha kompaniya sotuvda yo‘q mazkur modellar narxi oshirilgani bo‘yicha rasmiy izoh bermadi.

    Ayni paytda Chevrolet Onix 3LT MT 184,8 million so‘mdan, Chevrolet Onix Premier 2 Turbo AT Plus 221,6 million so‘mdan, Chevrolet Onix Turbo redline 230,6 million so‘mdan sotuvda mavjud. Kompaniya ilovasida mazkur avtomobillarga navbatlar 2024-yilning yanvar va fevral oylarida kelishi ko‘rsatilgan.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram’dagi kanalida narxlar oshirilishi yuzasidan munosabat bildirdi.

    “Monopolist UzAutoMotors avtomobillar pozitsiyalar narxini bu haqda rasmiy xabar bermasdan turib oshirish yo‘lini tutganga o‘xshaydi. Vakolatsiz, buning ustiga rahbarsiz qolgan Raqobat qo‘mitasi monopolistning o‘zbekistonliklar ustidan o‘tkazishni boshlagan mazkur tajribasiga biron bir munosabat bildirgani yo‘q. Isteʼmolchilar narxlar oshganini oldingi va kompaniya saytidagi joriy narxlarni solishtiribgina bilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Taʼkidlash lozimki, sanalgan pozitsiyalarning birontasi ochiq sotuvda yo‘q (alohida kelishib, topsa bo‘ladi)”, — deya fikr bildirgan iqtisodchi.

    Otabek Bakirovning yozishicha, narxlar oshirilganiga qaraganda tez kunda sotuvlar boshlanishi ham mumkin.

    “Oktyabrda Chevrolet Onix 3LT MT pozitsiyasining narxi 26 million so‘mga oshirilgach, 184,8 million so‘m narx bilan kontaktatsiyalar ochilgandi (2024-yil iyunga shartnoma tuzish mumkin). Ehtimolki, narxlari oshgan pozitsiyalar ertadan sotuvda paydo bo‘lib qolishi mumkin. Esda tutingki, endi Lacetti’dan arzon Onix rasman yo‘q. Tajribaxonaga aylantirilgan, bozor deyishga til bormaydigan tanlovsiz muhitimizni Qozog‘iston bilan solishtiring. Qardosh qo‘shnilarda o‘zimizning Chevrolet Onix 0 foiz badal bilan 7 yilga bo‘lib to‘lashga berilmoqda”, — deb yozgan u.

    Joriy yilning 26-mayida eʼlon qilingan maqolamizda Onix Premier 1 va Premier 2 sotuvi boshlangani, o‘shanda mazkur rusumdagi avtomobillar uchun 1 ming 171 ta navbat mavjudligi va mashina tayyor bo‘lishini 1 yil kutish kerakligi keltirilgan.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yilda jami 80 ming dona Onix avtomobili ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Statistika agenligi xabari berishicha, UzAutoMotors joriy yilning 9 oyi davomida 22 082 ta Onix avtomobili ishlab chiqargan. 

    Eslatib o‘tamiz, kompaniya Tracker va Onix 2023-yildan Spark va Nexia o‘rniga ishlab chiqarilishini maʼlum qilgan. Onix birinchi marta sotuvga chiqqan 2022-yil 1-noyabr kuni avtomobil uchun rekord darajadagi — 28 mingdan ortiq shartnoma imzolangan va navbatlar bir yilgacha cho‘zilgandi. Dastlab Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi xabar qilingan. Ammo joriy yilning may oyi boshida shartnomalar to‘xtatilgunga qadar avtomobil 18 ming dollardan sotilgan.

    14.11.2023, 15:46   Izoh (0)   22968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiota tumanida “Mening birinchi uyim” dasturi tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi

    14.11.2023, 15:42

    Surxondaryoda hokim yordamchisi o‘zgalarning elektron imzosiga 132 mln so‘m kredit olgani ma’lum bo‘ldi 

    14.11.2023, 15:28

    Samarqand viloyatida 8 ta tuman va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 9 nafar rahbar xodimi jarimaga tortildi

    14.11.2023, 14:55

    Navoiyda 1,5 ming dollarga OTMga, Farg‘onada esa 500 dollarga tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi 

    14.11.2023, 14:43

    O‘zbekiston banklari va Humo kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqidagi xabarlar rad etildi

    14.11.2023, 14:36

    Yetarli javob berilmagani bois deputatlar bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning maʼlumotini qabul qilmadi

    14.11.2023, 14:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.