Amerika rasmiylariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya bilan harbiy mojaroda yo‘qotishlari 190 ming kishini tashkil etdi. Ulardan kamida 70 ming nafari halok bo‘lgan, 120 mingga yaqini jarohatlangan, deb xabar beradi Britaniyaning The Economist nashri.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak 2022-yilning fevralidan noyabrigacha 13 mingga yaqin harbiy xizmatchi halok bo‘lganini aytdi. O‘tgan yilning noyabr oyida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlarini 100 ming kishiga baholagan edi, biroq keyinroq Yevropa Ittifoqi o‘lganlar va yaradorlarning umumiy soni haqida gapirayotganiga aniqlik kiritdi.
2023-yil avgust oyida The New York Times G‘arb rasmiylari va tahlilchilarining hisob-kitoblariga tayanib, Ukrainaning yo‘qotishlari 150 ming harbiy xizmatchidan oshganini yozgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy to‘qnashuvda yaralanganlar va halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni rasman oshkor etmayapti.
Izoh (0)