Yaponiyada yerosti vulqonining otilishidan keyin yangi orol paydo bo‘ldi. U Tokiodan 1200 kilometr janubda shakllangan, deya xabar berdi The Guardian.
Tokio universiteti qoshidagi Zilzilalarni o‘rganish instituti dotsenti Fukashi Maeno muassasa yangi orolni ro‘yxatga olganini tasdiqladi. Diametri 100 metr va dengiz sathidan 20 metr balandlikdagi yangi orol vulqon faolligi davom etsa, hajmi kattalashadi, biroq to‘lqinlar ta’sirida yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Yaponiyada yangi orollar tez-tez paydo bo‘ladi, bunga vaqti-vaqti bilan otilib, yuzaga chiqadigan ko‘plab faol suvosti vulqonlari sabab bo‘ladi. Biroq orollar qanchalik tez-tez paydo bo‘lsa, yo‘qolishi ham shunchalik bo‘ladi. Shuning uchun orolni darhol qayd etish mumkin emas. Hozirda Yaponiyada 14125 ta orol bor, ularning aksariyatida aholi yashamaydi.
Izoh (0)