Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “Bek Baraka” bozori direktori o‘rinbosari pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Bek Baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJ direktori o‘rinbosari firibgarlik yo‘li bilan bozor balansidagi yangi tipda qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini sotmoqchi bo‘lgan.
U o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning shahar boshqarmasi bilan o‘tkazilgan faol tadbirda ushlangan.
Izoh (0)