Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
“9-noyabr kuni davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Ostonaga rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin keladi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan, unda Qozog‘iston—Rossiya strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, prezidentlar videokonferens-aloqa rejimida Kostanayda o‘tkaziladigan Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi XIX mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12-oktyabr kuni Bishkekka kelgandi. Qirg‘izistonda ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida u MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etgan va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgandi.
Izoh (0)