Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 3—5-noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja iliq, janubda 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)