AQSH Senati admiral Liza Franchettini dengiz floti boshlig‘i lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Pentagon ma’lumot berdi.
Shu tariqa Liza Franchetti shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasida xizmat qilgan birinchi ayol bo‘ldi. Bungacha AQSH harbiy-havo kuchlari shtab-kvartirasini general Devid Ellvin boshqargan. Franchetti va Ellvin nomzodlari uchun 95 senator ovoz bergan, bir nafari qarshi chiqqan.
Liza Franchetti 1964-yilda tug‘ilgan. U Shimoli-g‘arbiy universitetda jurnalistika bo‘yicha bakalavr, Feniks universitetida tashkiliy boshqaruv bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Franchetti dengiz harbiy kollejida ham ta’lim olgan, shundan so‘ng dengiz flotida xizmat qilishni boshlagan va u yerda 38 yil davomida karyerasini qurmoqda. Bu davrda u turli ofitser lavozimlarida ishlagan. Franchetti harbiy-dengiz kuchlari shtab boshlig‘i lavozimiga prezident Jo Bayden tomonidan taklif qilingan.
Avvalroq Turkiya tarixida ilk bor Markaziy bank raisligiga ayol kishi tayinlangani haqida xabar berilgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Hafiza Gaye Erkanni Markaziy bank rahbari lavozimiga tayinlagan.
Izoh (0)