Prezidentning tegishli qarori bilan Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, 2020-yilning fevralidan buyon u IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari —yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Undan avval Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari — yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)