Osiyo Chempionlar Ligasining 3-tur yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.
Ramziy terma jamoadan “Paxtakor” futbolchisi Azizbek Turg‘unboyev o‘rin oldi. Turg‘unboyev “Ahal” darvozasiga ikkita gol urdi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Darvozabon: Adel al-Hosani (“Sharja”);
Himoyachilar: Muhammad al-Burayk (“Al-Hilol”), Gao Junyi (“Vuhan”), Takuma Ominami (“Kavasaki Frontale”), Ramin Rezayan (“Sepaxon”);
Yarim himoyachilar: Saeid Sadegi (“Persepolis”), Alexandro Romero (“Al-Ayn”), Dariyan Boyanich (“Ulsan Hyonday”), Azizbek Turg‘unboyev (“Paxtakor”);
Hujumchilar: Bag‘dad Bundeja (“As-Sadd”), Aleksandr Mitrovich (“Al-Hilol”).
Izoh (0)