• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘tgan uch yilda O‘zbekistonda 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan ta’minlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi.

    Bularning hisobiga, o‘tgan uch yilda 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. 40 million gektar yer ro‘yxatga olinib, soliq bilan bog‘landi. Avval hisoblanmagan 790 mingta yangi va 520 mingta qo‘shimcha qurilma tizimga kirdi. Bular orqali budjetga 1,1 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba yaratildi.

    Foto: Prezident.uz

    Shuningdek, zaxiradagi 1,2 million gektar qishloq yerlariga kadastr qilingani hisobiga 675 ming aholi va fermerlarga 425 ming gektar yer bo‘lib berildi.

    Shu bilan birga, sohada hali qilinadigan ishlar ham ko‘p. Xususan, 146 ming kilometr ichki yo‘llar va atrofidagi yerlarning hujjati yo‘q.

    Suv xo‘jaligida ham shu ahvol. Suv havzalari, kanal va kollektorlar atrofidagi bo‘sh yerlarni auksion orqali aholi va tadbirkorlarga berish mumkin. Lekin bugungi kunda 827 ming gektar suv fondi yerlaridan faqat 380 ming gektarining kadastr hujjatlari bor.

    Shu bois yo‘l va suv fondi yerlari kadastrini yakunlab, ulardan foydalanishga sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu orqali 1 million aholi bandligini ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yo‘q. Ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘ladi. Shu bois hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Shuningdek, aholi uzoq yillardan buyon uy-joy sifatida foydalanib kelayotgan, lekin hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lib qolayotgan 817 ming gektar yerni xatlovdan o‘tkazib, yer toifasini o‘zgartirish taklifi bildirildi.

    Kadastr tizimida ish hajmi ko‘pligi ham dolzarb masala. Bu yil 1,5 millionta kadastr xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 600 mingtasi kadastr yig‘ma jildi bilan bog‘liq. Tizimdagi 25 foiz xodim shu bilan band. Ularga ish yuklamasi ikki barobar ko‘p.

    Bu borada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida xususiy kadastr muhandisi instituti joriy etildi hamda 165 ta xususiy kadastr muhandisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Endi bu faoliyatga xususiy sektorni jalb qilish nazarda tutilmoqda. Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun ko‘chmas mulklar yangi UzKad axborot tizimiga o‘tkaziladi, 2024-yil 1-iyuldan respublikaning barcha hududlarida xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Davlatimiz rahbari kadastr xizmatlari qamrovi va sifatini oshirish, buning uchun malakali kadrlar tayyorlash, sohani ilm-fan bilan uyg‘unlashtirish va raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

    27.10.2023, 19:15   Izoh (0)   4318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar malakasini oshirish tartibi belgilandi 

    23.08.2023, 19:31

    O‘zbekistonning barcha hududlarida kadastr muhandisi instituti joriy etiladi

    27.08.2023, 09:44

    Kadastr agentligi O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 90 ga yaqin holatni aniqladi

    09.10.2023, 09:20

    2023-yilda O‘zbekistonda geologiya ishlariga 180 million dollarlik xorijiy investitsiyalar kiritildi

    27.10.2023, 18:45

    Joriy kuz-qish mavsumida O‘zbekistonda 27,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan

    27.10.2023, 18:25

    Qashqadaryoda ichimlik suvidan ekinlarni sug‘orib kelgan yana bir fuqaro jazolandi

    27.10.2023, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.