Respublikachi Mayk Jonson AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN. Uni 220 nafar respublikachi kongressmen qo‘llab-quvvatladi. G‘alaba qozonish uchun 217 ovoz to‘plash kerak edi.
Telekanal qayd etganidek, Jonson AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning faol tarafdori hisoblanadi. Xususan, Jonson Vakillar palatasida impichment paytida Trampning huquqiy himoyasiga rahbarlik qilgan va AQSH Oliy sudidan 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishni so‘ragan, deb yozadi siyosatshunos Yan Veselov.
Shu bilan birga, The Washington Post gazetasining qayd etishicha, Jonson Ukrainaga yordam berishga qarshi. Xususan, 2022-yil may oyida u Ukrainaga taxminan 40 milliard dollarlik yordam paketiga qarshi ovoz berdi.
Oktyabr oyi boshida Vakillar palatasi avvalgi spiker Kevin Makkartiga ishonchsizlik votumini olgandi. Shu tariqa AQSH tarixida birinchi marta spiker votum bilan lavozimidan chetlashtirildi.
Izoh (0)