Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Parkent ko‘chasida joylashgan turar joy binosidagi liftda odamlar hayot uchun xavfli noxush voqea yuz berdi.
Mazkur turar joy binosida yashovchi fuqaroning “Potrebitel.uz”ga xabar qilishicha, 24-oktyabr kuni ichida odamlari bo‘lgan lift 9-qavatdan tushayotganda keskin tezlashgan, 5-qavatga yaqinlashganda esa avtomatik tormoz tizimi ishga tushgan.
Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, uy foydalanishga topshirilganiga 3 yil bo‘lganiga qaramay, ayrim liftlarda ehtiyot qismlar yo‘qligi sababli hamon ishlamay kelmoqda. Surishtiruvlar natijasida lift joriy boshqaruv kompaniyasiga quruvchi firma tomonidan foydalanishga topshirilmagani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkentning Yangihayot tumanidagi 16 qavatli uyda ichida 13 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketishi oqibatida fuqarolar jarohat olgandi.
Izoh (0)