Toshkentda 32 yoshli ayol liftda qamalib, vafot etdi. Bu haqda UzAlert qidiruv otryadiga tayanib bloger Nikita Makarenko xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 24-iyul kuni Parkent ko‘chasidagi yangi qurilgan uylarning birida sodir bo‘lgan. Shu kuni elektr ta’minoti uzilgan va ayol liftda eng so‘nggi qavatda qamalib qolgan. Yangi uyga ko‘chib o‘tganlar ko‘p bo‘lmagani uchun, aftidan qo‘shnilar uni eshitmagan.
Hech kim yordamga kelmagach, ayol vafot etgan. U 27-iyul kuni kechasi jonsiz holda topilgan.
Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)