Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida “Navbahor” 23-oktyabr, dushanba kuni Eronning “Nassaji Mozandaron” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida Rizo Ozodi Azim Ahmedovning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Eron klubi bir kishi kam bo‘lib qoldi: 52-daqiqada Saber Hardani Boltaboyevga nisbatan qo‘pol harakat qildi va qizil kartochka oldi.
74-daqiqada esa Oston O‘runov Jamshid Iskanderovning uzatmasidan so‘ng ajoyib harakatlar bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida esa O‘runov raqib jarima maydoniga kirib borib, to‘pni markazga oshirdi. To‘p esa Mehrdad Abdiga tegib, darvozadan joy oldi.
Shu tariqa o‘yinda 2:1 hisobida namanganliklar g‘alaba qozondi va OChLdagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.
Quyida ushbu uchrashuvga oid suratlar taqdim etiladi.
Izoh (0)