Transport vazirligi Toshkentda 23-oktyabr kuni kuzatilgan qator tirbandliklar yuzasidan izoh berdi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrining bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qildi.
Natijada shahardagi umumiy harakat tezligi, yig‘ilib qolgan qo‘shimcha oqim hisobiga keskin tushib ketdi. Bu holat esa o‘z navbatida barcha ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga olib keldi. Ayni shu jihat Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslar harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xususan, Alisher Navoiy, Labzak, Sag‘bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo‘li, 8-mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy—Nukus hamda Nurafshon aylanma ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobus yo‘nalishlarida kunning tig‘iz paytida qatnov vaqti hamda oraliq interval vaqtlariga rioya etish imkoni bo‘lmadi.
Izoh (0)