Farg‘ona viloyatida tirbandlik sabab bir qancha mashinalar qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani, ulardan biri hokimiyatga tegishli mashina ekani haqida videolar tarqaldi. Viloyat YHXB axborot xizmati holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, boshqarma tomonidan ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Farg‘ona shahar Mustaqillik ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Matiz, Tracker rusumli 40150DAV davlat raqam belgili va Spark transport vositalari haydovchilariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128x5-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Izoh (0)