• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Artist bo‘laman, deganimda yuzimga choynak-piyola uchgan” — Aktrisa Dilnavoz Ismatullayeva “Million”da ishlolmagani va “Tungi reyd”da chiqishiga yaqinlari qarshi bo‘lmagani haqida (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda komik rollari bilan tanilgan aktrisa Dilnavoz Ismatullayeva “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida nega yaqinlari sanʼatkor bo‘lishiga qarshi bo‘lishgani haqida so‘zlab berdi.

    — Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘rtahol oilada tug‘ilganman. Oilamda sanʼatkorlar bo‘lmasa ham, bolalikdan raqsga juda qiziqqanman. Maktab tadbirlarida raqs tushishni yaxshi ko‘rardim. Ammo akamning qarshiligi sabab raqs to‘garagiga qatnasholmaganman. Yaqinlarimning qistovi bilan maktabni tamomlab, bank kollejiga hujjat topshirganman. Kollejda bir oy o‘qib, keyin “O‘qishni istamayman”, deb darslarga bormay qo‘yganman. Bir yilga yaqin uyda o‘tirib, keyin onamni sanʼat kollejida o‘qishimga ruxsat berishga ko‘ndirganman. Boshqa chora yo‘qligini bilgandan keyin sanʼat kollejida o‘qishimga rozi bo‘lishgan. “Xoreografiya bo‘limida o‘qiyman”, deganimda onam drama bo‘limida o‘qishimni istagan. Sanʼat kollejiga hujjat topshirganimni bilgandan keyin akam rosa janjal qilgan. “Sen hali artist bo‘lasanmi?” deb yuzimga choynak-piyolalarni otgan.

    Foto: “Daryo”

    Qarindoshlarimizning qizlari o‘qishmasdi, u paytlari qiz bola maktabni bitirishi bilan turmushga berib yuborishardi. Shu boisdan kollejga kirganim amakilarimga ham yoqmagan. Ular ham qattiq qarshilik qilishgan. Katta amakim shu darajada qattiqqo‘l ediki, agar maktabga kaltaroq kiyib borganimni eshitsa, traktorini haydab uyga mendan avval kelib, dakki berardi. Sanʼatga nisbatan bo‘lgan taqiqlardan bezor bo‘lib “Kun kelib zo‘r aktrisa ham bo‘laman, oilam ham bo‘ladi”, deb niyat qilgandim. Hozir hammalari kasbimni hurmat qilishadi, hatto men o‘qigandan keyin amakilarim ham qizlarini institutga o‘qishga kiritishdi. O‘sha paytda qarshiliklardan ranjiganman, ammo hozir hammasi yaxshilikka bo‘lgan ekan, deyman, — deydi aktrisa Dilnavoz Ismatullayeva.

    Aktrisa nega “Million” jamoasidagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmagani va qaynonasi uning rollariga qanday munosabat bildirgani haqida so‘zlab berdi.

     Foto: “Daryo”

    — “Million” jamoasiga kelishimga kursdoshim Feruza Normatova sababchi bo‘lgan. 2019-yili jamoaga qo‘shilib, rollar ijro etishni boshlaganman. Komediyani yoqtirganim uchun Feruzaning taklifidan juda quvonganman. Ammo oilali bo‘lgandan keyin baribir yaqinlar bilan hisoblashish kerak. Qaynonamga aytganimda “Yaxshi taklif-ku, albatta boring”, deb qo‘llab-quvvatlagan. “Million”ning uchta konsertida ishtirok etganman. Ammo jamoaning tayyorgarlik jarayonlari kechki payt boshlanib, to tongga qadar davom etishi biroz qiyinchilik tug‘dirgan. Chunki bolalarim hali yosh, oilali ayolga bu tartibda ishlash qiyin. Shu bois jamoadan ketishga qaror qildim, — deydi Dilnavoz Ismatullayeva.

    Aktrisa “Tungi reyd” sahnasidagi rolidan uyalmasligi va yaqinlari ham unga eʼtiroz bildirmagani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    — Hayotda hazil qilishsa, boshqa gap. Ammo kasbimiz shuni taqozo qilgandan keyin sahnadagi rollarni uyalmay ijro etish kerak. Menga rolning katta-kichikligi ahamiyatsiz. Muhimi, u tomoshabinning yodida qolishi kerak, deb hisoblayman. Ustozlarim ham sahnada xunuk bo‘lishdan qo‘rqmaslik kerak, deb uqtirishgan. Shu bois sahnada o‘zimni chiroyli ko‘rsatishga intilmayman, — deydi aktrisa Dilnavoz Ismatullayeva.

    Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    18.10.2023, 18:12   Izoh (0)   30130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Nevarali bo‘lgan Rashid Xoliqov, Mavluda Asalxo‘jayevaga mashina sovg‘a qilishdi, Zarina Nizomiddinova ijodga qaytmoqda

    17.10.2023, 22:15

    Gollivud aktyori Uill Smit yetti yil avval rafiqasi bilan yashirincha ajrashgani ma’lum bo‘ldi

    17.10.2023, 16:56

    Turkman yigiti bilan oila qurgan, konserti kuni otasidan ayrilgan va sevimli o‘gay ona bo‘la olgan Mavluda Asalxo‘jayeva 60 yoshda (foto, video)

    17.10.2023, 12:59

    “Boylarning imtiyoz olish taktikasi”: Jennifer Lopes va Ben Afflek uy xarid qilish uchun 20 million dollar ipoteka krediti oldi (foto)

    16.10.2023, 17:55

    “Bravo” kulgi jamoasi aktyori Otabek Mirzaxolov operatsiyasiz 35 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.10.2023, 14:10

    Leonardo Di Kaprio Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” filmi uchun katta miqdorda gonorar oldi

    16.10.2023, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.