• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Turkman yigiti bilan oila qurgan, konserti kuni otasidan ayrilgan va sevimli o‘gay ona bo‘la olgan Mavluda Asalxo‘jayeva 60 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva mustaqil ijodni boshlaganiga 37 yil bo‘ldi. U bilan bir vaqtda ijodni boshlagan ko‘plab sanʼatkorlar allaqachon sahnani tark etgan. Ammo Mavluda Asalxo‘jayeva haligacha jo‘shqin ijod qilishdan chekingani yo‘q. Uning ijodiga bo‘lgan talab ham hamisha yuqori.

    “Qaysi sanada tug‘ilganimni bilishmagan”

    Foto: Skrinshot

    Mavluda Asalxo‘jayeva 1963-yilning 15-oktyabr kuni Qirg‘iziston ning Jalolobod tumanida dunyoga kelgan. Ammo u tug‘ilgan sanasi hujjatlarda noto‘g‘ri ko‘rsatilganini aytib o‘tgan.

    — Bolaligimda dadam rahmatli “Sen dekabrning qish chillasida tug‘ilgansan”, deb aytib qolgan. Dadamning gaplariga ishonqiramay buvimdan so‘rasam “Ha, qishda tug‘ilgansan. O‘sha kuni havo juda sovuq edi”, deb aytib qolgan. Ammo yaqinlarimning hech biri aniq sanasini eslay olishmagan. U paytlari ayollarni tug‘uruqxonaga olib borishmasdi, men ham uyda tug‘ilgan ekanman. Keyin hujjat ishlariga ko‘pchilik eʼtiborsiz edi, bola 3-4 yosh bo‘lguniga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olishmasdi. Menimcha yoshim ham katta yoki kichik ko‘rsatilgan bo‘lsa kerak, deb kulaman.

    Bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Oilada yettita farzand edik. Otam rahmatli Abdurahmon Asalxo‘jayev o‘z davrining mashhur hofizi bo‘lgan. Onam esa shifokor edi — deydi xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaganman”

    Xonanda bolalikdan sanʼatga qiziqqani, ammo otasi uning sanʼatkor bo‘lishiga jiddiy qarshilik qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Skrin

    — Otam nihoyatda halim, kulib turadigan inson bo‘lgan. Biror marta og‘ir gapirganini eslolmayman. Qizlarga og‘ir gapirmay, onam orqali gaplarni aytardi. Bolaligimdan sanʼatga qiziqqanman, ammo otam rahmatli qo‘shiq kuylashimni yoqtirmagan. Hatto maktabda qo‘shiq tanlovlari bo‘lsa onamga “Mavluda ishtirok etmasin, u aniq g‘olib bo‘lib Toshkentga o‘qishga ketib qoladi”, deb aytarkan. “Sen o‘qituvchi bo‘lishing kerak, qiz bolaga shunisi maʼqul”, deb ko‘p aytardi. Otamning aytganini qilib, pedogogika texnikumiga o‘qishga kirganman. U yerni bitirib bir yil maktabda o‘qituvchilik ham qildim. Ammo, baribir sanʼatkor bo‘lish umidimni uzmaganman. Bir kuni qarindoshimizning qizi Toshkentga o‘qishga ketayotgani haqida eshitib, “Men ham pedogogika institutida o‘qiyman”, deb ota-onamni ko‘ndirganman. Poyezdga kelguncha qarindoshimizning qiziga ham asl niyatimni aytmay, keyin “Men sanʼat institutida o‘qiyman”, deganman. Ammo bir yilga qadar ota-onamni boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishida o‘qiyapman, deb aldaganman, — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Qizning tarbiyasini buzding”

    Yolg‘on bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Qizining sanʼat institutida o‘qiyotganini bilgan Abdurahmon Asalxo‘jayev ayoli va qizidan jahli chiqib, ular bilan gaplashmay qo‘yadi. Ammo qizining televizorga chiqqani Jalolobodda gap-so‘z bo‘lgach, qizini oldiga chaqiradi.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — “Qizning tarbiyasini buzding”, deb otam onam bilan ham gaplashmay qo‘ygan. Bir yilga yaqin men bilan ham gaplashmagan. Jalolobodga borganda otamning ko‘ziga ko‘rinmaslikka harakat qilardim. Shu orada televideniyadagi konsertda qo‘shiq kuylaydigan bo‘ldim. Konsert namoyish etilganidan keyin otamning tanish-bilishlari bu haqida aytishibdi. “Qiz bola boshi bilan Toshkentga borib, televizorga chiqdi. Bu mashhur sanʼatkor bo‘ladi”, deb iliq fikrlar aytishgan ekan. Otam chaqirayotgani haqida aytishganida, qo‘rqib uyga borganman. O‘shanda otam rahmatli “Sanʼat qiyin kasb bo‘lgani uchun fikringdan qaytarmoqchi bo‘lgandim. Bu yo‘lni tanladingmi endi oxirigacha bormasang, sendan ranjiyman”, degandi. O‘shandan keyin otamning oq fotihasini olib, ijodimni boshlaganman, — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Ikki bolali erkakka turmushga chiqqanman”

    Mavluda Asalxo‘jayeva institutni tamomlab, yo‘llanma asosida Turkmanistonga ishga yuboriladi. U “Destan” ansamblida tajriba orttirish bilan birga bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ham uchrashadi.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — Uydagilar “Tezroq oila qurishing kerak”, deb ko‘p aytishardi. Hatto, turmushga chiqavermaganimdan ammam o‘g‘liga so‘rab og‘iz ham solgandi. Onam rahmatli “Ammang seni keling qilmoqchi”, deganlarida rosa jahl otiga mingandim. Hozir eslasam uyalib ketaman, o‘shanda jahl bilan ammamning uyiga borib, o‘g‘illariga qarab “Senga turmushga chiqmayman, men hali mashhur sanʼatkor bo‘lishim kerak”, deganman. Hech gapdan xabari yo‘q ammamning o‘g‘li “Senga uylanadigan axmoq yo‘q”, degandi. Doim sanʼatni tushunadigan inson bilan oila qurish haqida niyat qilardim. Chunki boshqa kasb egasi bilan turmushim uzoqqa bormasligini bilardim. “Destan” ansamblida Devlet ismli yigit bilan tanishib qolganman. Ish jarayonida bir-birimizga ko‘ngil qo‘yib, oila qurishga qaror qilganmiz. Ammo u uylanib, ajrashgan va ikki nafar farzandi bor edi. Albatta, u bilan oila qurishim yaqinlarimga yoqmagan. Ammo men uning farzandlari borligini tabiiy qabul qilganman. Bolalarining ko‘ngli o‘ksimasin deb chiroyli kiyimlar oldirib, bolalariga yuborardik, — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Ularning borligidan hamisha quvonaman”

    Bir necha yil avval Mavluda Asalxo‘jayeva turmush o‘rtog‘ining farzandlariga onalik qilayotgani bilan bog‘liq xabarlar OAVda tarqalgandi.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — Ularni yaxshi ko‘raman, farzandlarim bilan aloqalarim qanday bo‘lsa ular bilan ham xuddi shunday munosabatdaman. Vaziyat taqozosi bilan ular bilan birga yashadik. Buni hech kimdan yashirmayman va ularning borligidan hamisha quvonaman, — deydi xonanda.

    “Konsertim kuni otamdan ayrilganman”

    O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning otasi Abdurahmon hofiz ham qizining yakkaxon konsert dasturi kuni vafot etgan.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — U kun sahnaga chiqishim juda og‘ir kechgan. Eng alam qilgani o‘sha yilgi dasturda ilk marta otamga bag‘ishlab qo‘shiq aytishni rejalashtirgandim. Bir kun avval ukalarim qo‘shiqni dadamga aytib bering deyishganda, yo‘q ertaga konsertda eshitadilar, degandim. Dadam konsert uchun atayin Toshkentga kelgandi. Necha kun bo‘lasiz deganimda, konsertining besh kunida ham yoningda bo‘laman degandi. Afsuski, konsertning ilk kunida — erta tongda jonlari uzildi. Konsertni qoldirishning iloji bo‘lmagani uchun ko‘zlarim shishib katta sahnaga chiqishga majbur bo‘lganman. Ayniqsa, otamga bag‘ishlangan qo‘shiqni aytganimda butun zal yig‘lagandi. Eng qizig‘i, ilk konsert kunida ko‘rinish bergan kapalak konsertning beshinchi kuniga qadar uchib ketmagan. Armonim haqida ko‘p so‘rashadi, men o‘sha yilgi konsertda xalqqa otamni tanishtirib, unga atalgan qo‘shiqni aytishni reja qilgandim. Afsuski, bu menga ushalmas armon bo‘lib qoldi. Ulg‘ayganimda yetim bo‘lib qoldim”, — deydi xonanda.

    “Turmush o‘rtog‘ini tashlab ketibdi, deyishgan”

    Xonanda hayotda talay qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Turmush o‘rtog‘i og‘ir kasallikka chalingani va uni davolash uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilganini so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — Turmush o‘rtog‘im kasallikka chalinib, qattiq og‘rigan. Uni davolatish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilganman. Bormagan shifokorim qolmagan. Ammo o‘sha paytda “Turmush o‘rtog‘idan ajrashibdi, tashlab ketibdi”, degan gap so‘zlar juda og‘ir botgan. Aslida men buni kimgadir isbotlashim shart emas. Ammo baribir xalq orasidagi pichir-pichirlar asabga tegar ekan, — deydi xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Men turklardan qo‘shiqlarni sotib olganman”

    Ko‘plab OAV xonandani plagiat qo‘shiqlarni ijro etishda ayblagan. Xonanda intervyularining birida turk qo‘shiqlarining barini shartnoma asosida sotib olgani va tekinga berilganini kuylashdan voz kechgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @mavludauz

    — Turk ijodkorlari bilan hamkorligim bor. “Plagiat qo‘shiq aytibdi”, deganlar yanglishadi. Ularning barini pulimga sotib olganman. Ammo bir gal Serdar O‘rtachga qo‘shiqlaridan birini ijro etishga ruxsat berishini so‘raganman. “Qancha bersam rozi bo‘lasiz?” deganimda “Pulingiz kerak emas, roziman” degan. Ammo bepulga berilgan qo‘shiqni aytgim kelmagan, — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

    “Yoshim ulg‘ayganda yetim bo‘lib qoldim”

    Ko‘pchilik ijodkorlar “Armoningiz bormi?” degan savolni xushlashmaydi. Negadir Mavluda Asalxo‘jayeva armonlari haqida gapirishni va bu kimlargadir o‘rnak bo‘lishini aytishdan og‘rinmaydi.

    Foto: Instagram / @mavludauz
    Xonanda farzandlari bilan birga

    — Yoshligimda ota-onamning omonat ekanligini his qilmas ekanmiz. Go‘yoki ular hech qachon o‘lmaydi, deb yuraverarkanmiz. Yoshim ulg‘ayganida yetimlik nima ekanligini his qildim. Qattiq tushkunlikka tushib, ancha vaqtgacha o‘zimni qo‘lga ololmadim. Hamisha yaxshi farzand bo‘lishga intilganman, ammo bundan ham yaxshi bo‘lishi kerak edi, deb ko‘p afsuslanaman.

    Ammo farzandlarim uchun yaxshi ona bo‘lolmadim. Hamisha oldilarida bo‘lib, mehr berolmaganman deb o‘ksiyman. Bolaligimda ko‘p farzandlarim bo‘lishini orzu qilardim. Sanʼat sabab, ko‘p farzandli bo‘lishga ham vaqtim bo‘lmabdi. Allohga shukr, ikki farzandimning ketidan qo‘sha-qo‘sha nabiralar keldi, — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

    17.10.2023, 12:59   Izoh (0)   154202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Boylarning imtiyoz olish taktikasi”: Jennifer Lopes va Ben Afflek uy xarid qilish uchun 20 million dollar ipoteka krediti oldi (foto)

    16.10.2023, 17:55

    “Bravo” kulgi jamoasi aktyori Otabek Mirzaxolov operatsiyasiz 35 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.10.2023, 14:10

    Leonardo Di Kaprio Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” filmi uchun katta miqdorda gonorar oldi

    16.10.2023, 13:11

    Maykl Jeksonning Pepsi reklamasida kiygan charm kurtkasi auksionga qo‘yildi (video) 

    13.10.2023, 18:08

    Instagram: Mirjalol Ne’matov uylandi, Azoda turmushga chiqmoqda, Zohirshoh Jo‘rayev otasini xotirladi

    12.10.2023, 22:22

    “Shahlo Zoirovaning jamoamizga qaytishini xohlaymiz” — “Bravo” kulgi jamoasining konsert repetitsiyasidan maxsus reportaj (video)

    12.10.2023, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38

    O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 may, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.