Ukraina 2024-yilda xalqaro donorlardan 46 milliard dollar olishni rejalashtirgan. Bu haqda Ukraina OAV ma’lum qildi.
Ukraina AQSHdan 28 milliard dollar, Yevropa Ittifoqidan 10 milliard dollar, Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 6 milliard va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan (XTTB) 2,2 milliard dollar olishni kutmoqda.
Ukraina Milliy banki rahbari Andrey Pishniy ijtimoiy tarmoqlarda XVJ Kiyev ehtiyojlari uchun 65 million dollar yig‘ish maqsadida jamg‘arma tashkil qilgani haqida ma’lum qilgandi.
Avvalroq Jo Bayden AQSH nima uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganini tushuntirib o‘tgandi. Uning ma’lum qilishicha, Vashington mojaro Yevropada katta urushga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni xohlaydi.
“Yevropada biz (AQSH) ishtirok etmagan biror yirik mojaroni bilasizmi? Yana shunday bo‘lishini istamaymiz. Biz (Yevropadagi) demokratiya barqaror ekaniga ishonch hosil qilishni istaymiz. Bunda esa Ukraina asosiy rol o‘ynaydi”, — dedi Amerika prezidenti.
Izoh (0)