Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 16-oktyabr kuni qilgan chiqishida HAMASning kutilmagan hujumi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda barcha diqqatni urushga qaratish kerak.
“O‘n kun oldin sodir bo‘lgan fojia bo‘yicha ko‘plab savollar bor. Falokat sabablari o‘rganiladi, ammo endi birdamlik vaqti keldi va biz allaqachon saboq olishni boshladik. Barcha savollarga javob beramiz”, — dedi Isroil bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida HAMASga qarshi urush birmuncha vaqt talab etadi, g‘alaba esa qat’iylik va qurbonlik qilishga tayyorlik evaziga keladi.
Avvalroq Isroil vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xabarlarni rad etib, bu borada hech qanday kelishuv bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)