Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida HAMAS yetakchisi Muataz Iydaga o‘ldirilganini ma’lum qildi.
“Aviazarbada guruhning janubiy milliy xavfsizlik okrugi rahbari Muataz Iyd halok bo‘ldi”, — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Isroil harbiylari 15-oktyabr kuni G‘azo sektori bo‘ylab, asosan, shimolda joylashgan 250 dan ortiq obyektga zarba bergan.
Isroil nishonlar orasida HAMAS va Falastin Islomiy Jihodining harbiy shtab-kvartirasi, kuzatuv punktlari va bir nechta raketa otish moslamalari bo‘lganini da’vo qilmoqda.
- Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari mamlakatga hujum uyushtirishda asosiy rol o‘ynagan shaxslardan biri Merad Abu Merad o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)