• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    U besh marta suiqasddan omon qolgan va 20 yildan beri tutqich bermay kelyapti. Isroilga uyushtirilgan hujumning asosiy tashkilotchisi haqida nimalar ma’lum?

    7-oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujum ortida HAMAS harakatining harbiy qanoti rahbari Muhammad Diyf turibdi. Isroil razvedkasi uni 20 yildan ortiq vaqt davomida qo‘lga ololmay kelyapti, deb yozadi The Financial Times.

    Isroilga hujum boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Diyf tomonidan yozilgan videoyozuv internetda e’lon qilindi.

    U “Al-Aqsa to‘foni” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Diyfning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS “xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarini mensimaydigan, ammo AQSH va boshqa G‘arb davlatlarining ko‘magidan bahramand bo‘layotgan bosqinchilarning jinoyatlariga chek qo‘yishga” qaror qildi.

    Diyf 1990-yillardan beri HAMASning harbiy qanotiga rahbarlik qilib keladi

    Muhammad Diyfning biografiyasi haqida juda kam narsa ma’lum. Xabar qilinishicha, u 1965-yilda G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis qochqinlar lagerida tug‘ilgan. Uning oilasi shunchalik kambag‘al ediki, u bolaligida oilasiga moddiy yordam berish uchun qisqa vaqt ichida o‘qishni tashlab ketishiga to‘g‘ri keldi: dastlab u otasi bilan parrandachilikda ishlagan, keyin o‘zi kichik parrandachilik fermasi ochgan. Qo‘shimcha ravishda yarim kun haydovchi bo‘lib ishlagan.

    1988-yilda Diyf G‘azo Islom universitetini tamomlagan va u yerda biologiya bo‘yicha tahsil olgan. O‘qish paytida Diyf o‘zini aktyor sifatida ham sinab ko‘rgan. Bir qator tarixiy shaxslar rollarini o‘ynab, ko‘plab talabalar spektakllarida ishtirok etgan.

    Foto: Google images

    U yerda Diyf  “Musulmon birodarlar” tashkilotiga yaqin bo‘lgan islomiy universitetlar uyushmasiga rahbarlik qilgan, shu uyushma asosida 1987-yilda HAMAS tashkiloti tuzilgan.

    O‘sha yili Diyf birinchi intifodada ishtirok etgani xabar qilingan (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “intifoda” — “ko‘tarilish” yoki “qutulish” degan ma’nolarni bildiradi. Hozirda esa bu so‘z falastinliklarning Isroil davlatiga qarshi qurolli kurashini ifodalash uchun qo‘llaniladi).
     
    Shundan so‘ng u 16 oyni Isroil qamoqxonasida o‘tkazdi. 1990-yillardan beri Diyf HAMASning yangi tashkil etilgan harbiy qanoti “Izzaddin al-Qassam” brigadalarida faol ishtirok etib keladi. 2000-yilda Diyf Isroil iltimosiga ko‘ra Falastin ma’muriyati tomonidan yana hibsga olingan, biroq ikkinchi intifoda paytida turli manbalarga ko‘ra, yo qo‘yib yuborilgan yoki qochishga muvaffaq bo‘lgan.  
     
    2002 yilda u “al-Qassam” brigadasi boshlig‘i etib tayinlangan. Diyf Isroilga qarshi uyushtirilgan o‘nlab hujumlar tashkilotchisi, shuningdek, HAMAS jangchilarini Isroil hududiga olib o‘tadigan yerosti tunnellari qurish uchun mas’ul hisoblanadi.
     
    Bundan tashqari, u “Qassam” boshqarilmaydigan raketalarining ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
     
    “To‘qqizta joni bor mushuk”
     
    Isroil harbiylari Diyfga 20 yildan ortiq vaqt davomida “ov” uyushtirib keladi, ammo u shu paytgacha beshta suiqasddan omon qolgan. Diyf o‘tirgan mashinani o‘qqa tutishgan, u joylashgan binoga raketa zarbalari berilgan, uyiga bomba tashlashgan, ammo har safar u tirik qolgan.
     
    Albatta, shuncha suiqasd beiz ketmasligi aniq. Hujumlar vaqtida Muhammad Diyf ko‘zidan jarohat olgan, oyog‘i jarohatlangan, bir qo‘lidan ayrilgan. Shu sababli u nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur.
     
    Abjirligi va chapdastligi uchun falastinliklar Diyfni “to‘qqizta joni bor mushuk” deb atashadi.
    Foto: Reuters
    Diyf juda yashirin hayot tarzini olib boradi

    Dunyoda eng ko‘p qidirilayotgan shaxslardan biri bo‘lgan Diyfning internetda atigi bir nechta past sifatli fotosuratlari bor xolos. Bundan tashqari, fotosuratlarning eng oxirgisi 20 yil avval olingan.

    Diyf yashirinishning ustasi. Uning geolokatsiyasini Isroil razvedka xizmatlariga berishi mumkin bo‘lgan hech qanday elektr jihozlaridan foydalanmaydi. Maxfiy qolish maqsadida u o‘z joyini tez-tez o‘zgartiradi. HAMAS tarafdorlari bo‘lgan turli insonlarning uyida bir kechadan tunab qoladi, bu taktikani qo‘llashi tufayli unga “Diyf” (arabcha “mehmon”) laqabi berilgan.

    2011-yilda onasi vafot etganida dafn marosimiga HAMASning barcha yetakchilari kelgan, biroq Diyfning o‘zi u yerda ko‘rinmagan. Bir versiyaga ko‘ra, u xavfsizlik nuqtayi nazaridan janozaga kelmagan, boshqasiga ko‘ra, u qiyofasini o‘zgartirib, keksa odam sifatida janozada qatnashgan.

    Muhammad Diyf
    Foto: Reuters

    Isroilga qilingan hujumdan so‘ng, Diyf HAMASda hokimiyatning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi

    7-oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan va 1000 dan ortiq odamni hayotdan olib ketgan hujumlar Diyfning HAMASdagi obro‘sini oshirib yubordi. U harakatning eng yuqori pog‘onasidagi shaxslar orasidan joy oldi. Shu bilan birga, Diyfning o‘zi Falastin fraksiyalari o‘rtasidagi yoki HAMAS ichidagi siyosiy kurashdan manfaatdor emasligi ma’lum qilinadi.

    Diyf o‘zining asosiy vazifasi sifatida alohida davlat yaratish emas, balki umuman Isroilni yo‘q qilish va uning o‘rnida faqat Falastinini qoldirish deb biladi.

    11.10.2023, 20:10   Izoh (0)   34257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH bir vaqtning o‘zida Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlay oladi —  Oq uy

    11.10.2023, 19:55

    Mask Yevropada fuqarolar urushi xavfidan ogohlantirdi

    11.10.2023, 18:49

    AQSH Sohil xavfsizlik xizmati halokatga uchragan “Titan” batiskafining bo‘laklari va inson qoldiqlarini topdi

    11.10.2023, 17:28

    G‘azo sektorida jabrlanganlarning 60 foizi ayollar va bolalardir — Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi

    11.10.2023, 17:05

    Argentinada qahva tayyorlamoqchi bo‘lgan erkak tasodifan o‘nlab uylarni yoqib yubordi (video)

    11.10.2023, 15:41

    Belgiya Ukrainaga F-16 qiruvchilarini 2025-yilda bermoqchi

    11.10.2023, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.