Buxoro shahrida Shvetsiya fuqarosi hujjatlarini yo‘qotib qo‘ydi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Buxoro shahriga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borishmoqda. Shaharning tarixiy qismiga sayohat maqsadida tashrif buyurgan Shvetsiya fuqarosi M.Ekstrom ehtiyotsizligi natijasida shaxsiy hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygan.
Shunda viloyat IIB XTTB xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli sayyohning hujjatlari qisqa fursatda topilib, egasiga qaytarildi. Shuningdek, mahalliy sayyoh X.R.ning yo‘qolgan qo‘l telefoni qisqa muddat ichida xodimlar tomonidan topilib, egasiga yetkazildi.
Izoh (0)