Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo viloyat filiallariga 20-sentabr kuni 100 ta Volkswagen Caddy topshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2023-yilning yanvarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 110 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari bilan taʼminlangandi. Fevral oyida bu turdagi avtomobillarning yana 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi.
30-avgust kuni Respublika tez tibbiy yordam markaziga 50 dona A toifali Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirilgan, ular Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi 103 xizmatlariga taqsimlab berilgandi.
Vazirlikning bildirishicha, yil yakunigacha yana 500 dan ortiq shunday transport vositalari hududlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Prezidentning 2021-yil 27-maydagi va 2022-yil 16-iyundagi qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud Damas va xizmat muddatini o‘tagan boshqa turdagi transport vositalarini 2022—2024-yillarda yangilash belgilangan.
Izoh (0)