Mali Respublikasida Su-25 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bunday halokat so‘nggi bir yil ichida ikkinchi marta sodir bo‘lishi.
Defense Express xabariga ko‘ra, samolyot 9-sentabr kuni mamlakat shimoli-sharqida qulagan. Qiruvchi samolyotning halokatini mamlakat harbiy-havo kuchlari tasdiqladi.
Harbiy havo kuchlari shtab boshlig‘i polkovnik Alou Boy Diarraning ta’kidlashicha, Su-25 qiruvchi samolyoti “texnik xato” va “yomon ob-havo” tufayli halokatga uchragan. Biroq mahalliy isyonchilar samolyotni urib tushirganliklarini da’vo qilmoqda.
Defense Express ma’lumotlariga ko‘ra, Mali ushbu Su-25 ni Rossiyadan shu yilning yanvar oyida Mi-8 vertolyotlari va Chexiyaning L-39 jangovar o‘quv samolyotlari bilan birga olgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, bu Rossiya Maliga yetkazib bergan ikkinchi Su-25 samolyotining halokatga uchrashi bo‘lib, avvalgisi 2022-yil avgustida yetkazib berilgan, biroq o‘sha yilning oktabr oyi boshida samolyot Gaodagi aeroportga qulagandi.
Izoh (0)