• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Har safar samolyotga chiqar ekanman, egizak binolardagi odamlar qichqirig‘ini eshitaman”. 2001-yil 11-sentabr teraktini boshdan o‘tkazgan amerikalik ayol tarixi

    Bundan roppa-rosa 22 yil oldin Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining ikki binosi qartadan qurilgan uy kabi qulab, salkam 3 ming odam uchun birodarlik qabristoniga aylangan edi. Tarixdagi eng ko‘p halokatni yuzaga keltirgan terakt dunyoni o‘zgartirib yubordi: ko‘plab davlatlar hukumatlari milliy xavfsizlik borasidagi qarashlarini qayta ko‘rib chiqdi, AQSHda esa uzoq yillarga cho‘zilgan terrorizmga qarshi kurash kampaniyasi boshlandi. Shuningdek, 11-sentabr oddiy odamlar hayotidagi burilish nuqtasiga aylandi — har bir amerikalik o‘sha kuni qayerda bo‘lganini eslay oladi. Ayniqsa, mash’um kunda egizak binolar ichida hamda uning yaqinida bo‘lganlar ko‘plab ofat olib keldi. Baxtli tasodif tufayligina o‘limdan omon qolganlar hanuzgacha o‘sha kungi xotiralarni eslab, samolyot va baland minoralarga chiqishdan qo‘rqadi. Advokat va xayriya fondi a’zosi Enn-Mari Prinsipe — egizak minoralarga uyushtirilgan havo hujumidan omon qolganlardan biri o‘z tarixini so‘zlab berdi.

    Foto: AP Photo

     “Qanday omon qolganimni bilmayman”

    Ismim Enn-Mari Prinsipe va men 2001-yil 11-sentabr teraktlarida omon qolganlardan biriman. Kichik biznesim bor edi: model agentligiga egalik qilar va o‘shanda Nyu-Yorkdagi Modalar haftaligini tashkillashtirish bilan shug‘ullanayotgan edim. Tongda odatdagidek ishga yo‘l oldim. Havo juda ajoyib ekani esimda. Savdo markazi yonidagi binoga kirdim va birinchi samolyotni ko‘rmay qoldim. Shu vaqt momaqaldiroq gumburlashidagi tovush eshitildi. Ko‘chaga yugurib chiqdim va kimdir binoga samolyot urilganini aytdi. Shunchaki baxtsiz hodisa bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Keyin yana bitta samolyot paydo bo‘ldi. U xuddi boshim ustidan uchib o‘tgandek edi.

    Ikkinchi binoga urilganida, bu hech qanaqa tasodif emasligini tushunib yetdim. Bu haqiqiy hujum edi.

    Bilasizmi, eng dahshatlisi nima edi? Noaniqlik. Barchasi ko‘z-o‘ngimizda sodir bo‘layotgan ersada, nimalar yuz berayotganini anglay olmayotgan edik. Balki samolyot bortida biologik qurol bo‘lgandir? Yoki radioaktiv moddalar? U vaqtda samolyotlar ichida bo‘lgan odamlardan tashqari hech kim asl haqiqatni bilmasdi.

    Hayratga tushib qoldim, joyimdan qimirlay olmadim va mutlaqo harakatsiz turardim — faqat tosh qotgancha kuzataman. Osmono‘par bino derazalaridan nimadir quladi. Keyinroq ular odam bo‘lganini tushunib yetdim… Atrof to‘la tartibsizlik, men esa yonayotgan binoga tikilgancha turar va ular qulab tushishini hatto hayolimga ham keltirmasdim. Ular esa qartadan qurilgan uylar kabi quladi, deyarli bir vaqtda, oyog‘im ostidagi yer larzaga keldi — shundagina o‘zimga kelib, qochishim kerakligini tushundim. Atrofda qo‘rqinchli shovqin, nimadir g‘ichirlab, yiqildi… Hozirga qadar qanday omon qolganini tushunmayman.

    Keyin bo‘lsa — butunlay izolyatsiya va bexabarlik. Chang va tutun sabab hech narsani ko‘rib bo‘lmadi, barcha aloqa stansiyalari minoraga o‘rnatilgan bo‘lgani bois kim bilandir bog‘lanish imkonsiz. Radio va televizorning ishlamasligi vahimani yanada kuchaytirib yubordi. Kimdir havoda yana samolyotlar borligini aytdi — ular rostdan ham boshimiz ustidan uchib o‘tardi, lekin qandaydir reaktiv samolyotlar edi. Ularning Amerikaga tegishli ekanini men qayerdan ham bilay? Dahshatda edim va hodisa joyidan tezroq ketish harakatiga tushdim.

    Tumanning g‘arbiy qismiga, Quyi Manxettenga bordim (Jahon savdo tashkilotining qarama-qarshi tomonidan 2 kilometrcha uzoqlikda).

    Shunday vahimali holatda ham kimlardir jabrlanganlarga yordam ko‘rsatar, ahvoli og‘irlarni tinchlantirardi… Shu kuni odamlar ko‘plab yaxshilik qildi.

    Foto: Getty Images

    Oxir-oqibat paromga borishga qaror qildim — stansiyada evakuatsiya boshlangan bo‘lib, odamlarni qayiqda tashishga kirishilgandi. Transport tizimi deyarli falaj holatga kelib qoldi, yo‘llar yopilgani sabab uygacha yo‘l bir necha soatni tashkil etdi — hukumat ham nimalar bo‘layotganini bilmas va yana jabrlanuvchilar bo‘lishini xohlamas edi.

    Oilam bilan keyinroq ko‘rishdim, soat 18:00 lar atrofida (hujumdan 9 soat o‘tim). Bu vaqtda yana bitta samolyot Pentagon binosiga urilganidan xabar topdik.

    Terakt oqibatida qancha inson halok bo‘lganini o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli edi. Egizak binolarda qancha odam bo‘lganini taxminan bilardik — har kuni u yerga 50 mingga yaqin odam ishlagani borardi. Natijada halok bo‘lganlar soni 2996 nafarni tashkil etdi (terrorchilar bilan qo‘shib hisoblaganda). Bularning barchasini keyinroq bildik, 11-sentabr tunini esa yangi hujumlardan xavotirda o‘tkazdik. Nafas olishim qiyinlashib, qaltiroq to‘xtamas edi. Trankvilizatorlar ham menga yordam bermadi.

    Tun shu zaylda o‘tdi. Ertasi kuni binolar oldiga qaytishga qaror qildim, ularning yonida joylashgan ofisimning ahvoli meni qiziqtirardi… Baxtimizga binomiz qulamagan ekan. Ammo ko‘rinishi juda abgor edi: oynalari singan, hamma joyda temir-tersak bo‘laklari, chang va kul. Umuman olganda kul shu qadar ko‘pligidan ofisga borguncha unga botib qolay dedim. Atrof — beton bo‘laklari, o‘lgan qushlar…

    Manxettenni og‘ir pulemyotlar va maxsus texnikalar bilan jihozlangan harbiylar egalladi — Nyu-York harbiy zonaga aylandi. Barchasi reallikdan uzoq va vahimali edi: brezent palatkalarda qutqaruvchilar yaradorlarni tashir, havo ifloslanganidan nafas olish imkonsiz. Ko‘pchilik bu yerlarda yuz bergan yong‘in bir necha oy davom etganini bilmaydi, hududda yashayotgan insonlar kun bo‘yi yo‘talib yurishga mahkum edi.

    Foto: AP Photo

    “Hukumat boshdan kechirgan og‘riqlarimiz uchun tovon to‘lashi kerak”

    Fojianing ertasi kuni barcha tushundi: Manxettenga qaytish, ish bilan shug‘ullanib, butun dunyoga taslim bo‘lmasligimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Afsuski, bunday jasoratning narxi qimmat edi — minglab amerikaliklar hayoti. Teraktdan keyin uzoq vaqt havoda insonlar hayoti uchun xavfli moddalar saqlanib qoldi va ko‘pchilik uning oqibatlarini boshdan o‘tkazdi: saraton kasalliklari rivojlandi, nafas olishdagi muammolar, ruhiy holatining buzilishi va hokazo. Ammo hukumatga baribir edi.

    Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) havo xavfsiz ekani va yaqin atrofdagi hududlar aholisi hech narsadan qo‘rqmay uyiga qaytishlari mumkinligini ma’lum qildi. Hukumat tom ma’noda yaqinda fojia sodir bo‘lgan joyga 100 minglab odamlarni quvdi. Bunday qaror qancha inson sog‘lig‘iga zarar yetkazganini raqamlar “gapiradi”: ayni vaqtga qadar 400 ming odam o‘sha voqea asoratlaridan shikoyat qilgan. Ammo hukumat odamlar kasal bo‘layotganini rad etar va bularning barchasi psixologik jarohatlari ekanini ta’kidlardi. Rostdan ham biz psixologik jarohat olgandik, ba’zilar esa reallikni hayollaridan ajrata olmay, turli kasalliklarni o‘ylab topa boshlardi. Ammo ko‘pchilik rostdan ham haqiqiy kasalliklardan aziyat chekdi.

    Foto: Getty Images

    Rasmiylar hozirga qadar sodir bo‘lgan voqealar uchun mas’uliyatni zimmasiga olishni istamaydi. Faqat o‘sha vaqtda EPA ga rahbarlik qilgan Kristi Todd Uitman 2008-yildagina kechirim so‘radi.

    Yuz minglab insonlar hayotiga bunday yengil qarash mumkinmi? Ularning azobini qanaqasiga e’tiborsiz qoldirish mumkin. Hukumat boshdan kechirgan og‘riqlarimiz uchun tovon to‘lashi kerak.

    Men aynan shunga erishmoqchiman. 11-sentabr teraktlaridan keyin model agentligidan ketdim va odamlarga haqiqatda yordam berish mumkin bo‘lgan joyga bordim: teraktdan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunni AQSH Kongressiga kiritishga harakat qildik. Men bilan ishlagan psixoterapevt davolanishim uchun e’tiborimni boshqa odamlarga emas, balki o‘zimga qaratishim kerakligini aytdi. Yonayotgan uy chetda kuzatib turgan o‘t o‘chiruvchilarni kechira oladimi? Bu mening tabiatimga xos emas va boshqalarga yordam bermasdan tura olmayman.

    Hozircha teraktdan jabr ko‘rganlarga tovon to‘lash va tibbiy yordam ko‘rsatilishiga erishdim — ushbu qonun 2018-yilda qabul qilindi. Terakt oqibatida jabrlangan va uzoq yillar ushbu loyiha uchun kurashganlarning barchasi ham bu kunlarga yetib kelmadi. Tinim bilmay ishlash ham kasallikni og‘irlashtirib yubordi: Kongress binosi bo‘ylab bir necha kilometr yo‘lni bosardik. Og‘ir kasal bo‘lgan paytimizda ham o‘zimizni ishlashga majburladik — shunchaki yotib, holatni kuzatib bo‘lmasdi.

    O‘zimda ham bir necha kasalliklar paydo bo‘ldi. 2018-yilda menda ko‘krak saratoni aniqlangan bo‘lsa ham Kongressdagi ishimni davom ettirdim. O‘sha kunlarni eslasam, menga kuch beradi. Og‘riqdan azob chekkan holimda ham qonunni ilgari surgan kunlarimizni yoqimli xotiralar bilan eslayman. Doim adolat uchun kurashish kerakligiga ishonchim komil bo‘lgan.

    “Mening shahrimni tortib oldingiz”

    Albatta, saraton — bu teraktdan menga qolgan yagona “sovg‘a” emas. Masalan, o‘pkamdagi muammolardan qattiq azob chekardim, nafas olish uchun maxsus qurilmadan foydalandim. Ovozimdagi xirillash sababli Dart Veyder bilan adashtirib qo‘yish mumkin edi. Qizim hatto dugonalarini qo‘rqitib yubormasligim uchun maktabiga bormasligimni so‘rardi.

    Foto: Reuters
    Bunday hayotga chidab bo‘masdi: kuni bilan uyda o‘tiraman, hatto ko‘chada bolam bilan o‘ynay olmayman. O‘shanda davolanish uchun har qanday ishni qilishga tayyor edim.

    Va nihoyat yaxshi tibbiyot dasturini topdim va ahvolim yengillashdi. Ammo keyin yana muammolar paydo bo‘la boshladi, bu safar — bosh og‘riqlari… Ular shu qadar tez-tez qaytalaydigan bo‘ldiki, o‘rnimdan turolmay qoldim. Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, bu o‘simda ekan: shikoforlar miyamning orqa qismida o‘simtani topdi. O‘pkam bilan bog‘liq muammolarim esa yangi kasallikni davolashni yanada qiyinlashtirar edi: shu tufayli menga anesteziya qilib bo‘lmas, usiz esa operatsiyadan omon chiqmas edim. Shu muammo sabab hanuzgacha ko‘krak saratonidan davolana olmayapman.

    Baxtimga oxir-oqibat o‘simta bilan bog‘liq muammo hal etildi. Umumiy anesteziyasiz meni davolaydigan shifokorni topdim. O‘simtani olib tashlash vaqtida chalg‘ib turishim uchun musiqa qo‘yishlarini so‘raganim esimda. Bu shifokorlarga ham yoqdi, butun jamoa operatsiya stolida raqsga tushdi… Natijada barchasi muvaffaqiyatli kechdi.

    Bundan tashqari, xotiram bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshladi. Yoshligimda bu haqiqiy kasallik emas deb hisoblagan bo‘lsam, hozirgi kunda tanishlarimning ham ismini unutib qo‘ymoqdaman. Ba’zida ko‘cha-ko‘yda odamlar men bilan salomlashishadi, vaholanki, ularning kimligini eslay olmayman.

    Buning ustiga hozirga qadar uchishdan qo‘rqaman. Har safar samolyotga o‘tirganimda, binolardagi odamlarning qichqirig‘ini eshitaman.

    Foto: Reuters

    Taqdirning hazilini qarangki, bolaligimda uchuvchi bo‘lishni orzu qilardim va hatto bu bo‘yicha litsenziya ham olganman. Eng yaxshi ko‘rgan narsam uchish edi. Biroq teraktdan keyin barchasi o‘zgardi. Hozirda eng qisqa parvozni ham qiyinchilik bilan o‘tkazaman. Vahimaga qarshi dorilar, bir necha bokal vino va yonimdagi inson bilan suhbat yordam beradi.

    “Yana qancha odam o‘lishi kerak?”

    Nima bo‘lgan taqdirda ham hayot 2001-yil 11-sentabr sanasidan oldin va keyinga bo‘lindi. Ushbu voqeadan keyin barchasi o‘zgardi: endilikda har yerda bizni yaxshilab tekshirishadi — ryukzakda balki bomba bordir? Oldinlari hech kim o‘zi bilan hujjat olib yurmasdi, endi bo‘lsa uni doim so‘rashadi. O‘ylaymanki, bugungi kunda ular o‘z shaharlari bilan g‘ururlanishadi: u yerga hamon butun dunyodan odamlar oqib keladi, badavlat insonlar yashaydi va pul topadi. Albatta, bu yerdagi hayot 2001-yil fojiasidan oldin bo‘lgani kabi xotirjam va beparvo emas.

    11-sentabr o‘z ortidan boshqa fojialarni yuzaga keltirganini unutmaslik kerak. Masalan, Afg‘onistonga bostirib kirish — bu nima uchun kerak edi? Afg‘onlarning teraktga aloqasi bo‘lgani dargumon, shunday bo‘lganda ham Amerika qo‘shinlari nima uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olmadi? O‘zingiz o‘ylang: samolyotlarni olib qochgan 19 terrorchining 15 nafari saudiyalik edi.

    Foto: Reuters

    Urush hech kimga yengillik olib kelmadi, aksincha, yana bir davlat fuqarolariga jabr bo‘ldi. O‘ylaymanki, bunday urushlar oqibatlarini tushunishimizga yillar kerak bo‘ladi. Bu kabi urushlarda g‘oliblar bo‘lmaydi.

    AQSH maxsus kuchlari 2011-yil 2-mayda Usoma ben Ladenni o‘ldirganida biroz yengil tortgan bo‘lsam kerak. Ammo uning o‘limi Jahon savdo markazida halok bo‘lgan minglab insonlarni qaytarib bermadi.  

    11.09.2023, 13:08   Izoh (0)   17098
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dunyoni o‘zgartirib yuborgan kun”. 11-sentabr voqealari daqiqama-daqiqa

    11.09.2022, 09:30

    Braziliya prezidenti agar Putin mamlakatga kelsa, hibsga olinmasligi haqida aytgan gaplaridan qaytdi

    11.09.2023, 13:07

    NASA Marsda kislorod ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi

    11.09.2023, 12:26

    Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2 122 kishiga yetdi (foto)

    11.09.2023, 10:51

    FT: Turkiyada Rossiyadan qochib kelgan dasturchilar tufayli kiberjinoyat darajasi oshdi

    11.09.2023, 10:32

    Rossiyada vertolyot, Vengriyada sport samolyoti halokatga uchradi (video)

    11.09.2023, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50

    Samarqandda fuqaro qadimiy tilla tangalarni Istanbulga yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 may, 17:40

    Koreys ayollarining yuzi tiniq va silliq bo‘lishiga yordam beradigan parvarish sirlari

    Ayollar sahifasi | 30 may, 17:30

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.