• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xalqaro etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Xalqaro etnosport festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Prezident matbuot xizmati tabrik matnini eʼlon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hurmatli festival qatnashchilari!

    Qadrli do‘stlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Barchangizni butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida shuhrat qozongan, ko‘hna va betakror Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

    Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda YUNЕSKO, TURKSOY, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamda unga a’zo davlatlar vakillari, shuningdek, 63 ta mamlakatdan qariyb 930 nafar etnosport namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etayotgani festivalga dunyo miqyosida qiziqish va e’tibor naqadar katta ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    Mazkur xalqaro anjumanning uch ming yildan ziyod shonli o‘tmishga ega bo‘lgan Xorazm zaminida o‘tkazilayotgani albatta bejiz emas. Bu qutlug‘ voha bizning boy tarix va madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizning qadimiy beshiklaridan biridir. Ushbu diyordan yetishib chiqqan Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud singari mard va jasur ajdodlarimiz, mohir sarkardalarimiz bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.

    Ma’lumki, xalqning tarixi, milliy qadriyat va an’analarini o‘zida mujassam etadigan etnosport turlari yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, dunyo davlatlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega.

    Shu bois, mamlakatimizda milliy xalq o‘yinlarini targ‘ib etish va ommalashtirish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda bu borada qator qarorlar, jumladan, Etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

    Ayniqsa, milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli musobaqalar tizimi tashkil etilgani, Toshkent shahrida har yili bir marta etnosport turlari bo‘yicha respublika festivali, Xiva shahrida esa ikki yilda Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi muhim amaliy qadamlarimizdir.

    Yurtimizda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha hududiy dasturlar qabul qilindi.

    Ayrim etnosport turlari bo‘yicha boshqaruv tizimi hamda sportchi va trenerlar zaxirasi shakllantirilgani, musobaqalarni doimiy o‘tkazish va ularni moliyalashtirish joriy etilgani bu sohadagi ishlarni muntazamlik asosida olib borish imkonini bermoqda.

    Yosh avlod o‘rtasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini ommalashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari ham e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.

    Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirgan holda, yurtimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ro‘yxatlari shakllantirildi, o‘zbek kurashini YUNЕSKOning etnosport milliy o‘yinlari nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish choralari ko‘rilmoqda.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Fursatdan foydalanib, ushbu festivaldagi ishtirokingiz uchun siz, azizlarga, xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Ishonchim komil, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan bu festival dunyodagi nufuzli sport anjumanlari qatoridan munosib o‘rin egallaydi.

    Festival doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari, xalqaro turnir, jahon chempionatlari va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.

    Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!                                                 

    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston  Respublikasi prezidenti

    08.09.2023, 22:15   Izoh (0)   11417
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda 13 ta it zaharlab o‘ldirildi (foto)

    08.09.2023, 20:45

    O‘zbekistonda bosh vazir boshchiligida tun-u kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi

    08.09.2023, 19:04

    O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni keskin oshdi

    08.09.2023, 18:50

    O‘zbekistonda neft otilib chiqayotgani haqidagi videoga izoh berildi

    08.09.2023, 18:39

    Toshkent markaziy temiryo‘l vokzaliga kirish soddalashtirildi 

    08.09.2023, 18:24

    Prezident bosh vazir boshchiligidagi komissiyaga topshiriq berdi

    08.09.2023, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.