AQSH Slovakiyaning sharqiy chegarasini himoya qilish loyihasi uchun 3,6 million dollar ajratadi. Bu haqda Slovakiyaning “Dennikn” nashri yozmoqda.
Unga ko‘ra, bu mablag‘lar o‘quv mashg‘ulotlari va sharqiy chegarani qo‘riqlash uchun uskunalar yetkazib berishga sarflanadi.
“Loyiha chegarani qurol-yarog‘, giyohvand moddalar va odamlarning noqonuniy olib o‘tishidan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, chegarani qonuniy kesib o‘tishni osonlashtirishga yo‘naltirilishi kerak”, — deyiladi bayonotda.
Nashrning taʼkidlashicha, loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)