Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuviga Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni taklif qildi. Tojikistonlik siyosatchining tegishli maktubi TDH davlat axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-09-04_22-19-01.jpg)
Rahmon o‘z murojaatida Ashxobodda avgust boshida Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining uch tomonlama sammitiga mezbonlik qilgani uchun Gurbanguli Berdimuhamedovga minnatdorlik bildirgan.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Xalq Maslahati raisini 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuviga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov bir yarim yildan buyon davlat rahbari sifatida faoliyat olib bormaydi, 2022-yil martida uning o‘rniga o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov prezident etib saylangan.
“Gurbanguli Berdimuhamedov de-fakto eng muhim siyosiy va iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullanishda davom etayotganiga qaramay, bunday uchrashuvda ishtirok etishi kerak bo'lgan mamlakatning de-yure prezidenti uning o‘g‘lidir. Serdar ham taklif olganmi yoki yo‘qmi noma’lum, Turkmaniston matbuoti faqat otasiga taklifnoma yuborilganini e’lon qilgan”, — deydi “Xronika Turkmenistana” nashri.
Izoh (0)