Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasi Makka shahridagi “Al Haram” masjidida sadaqa berdi. Bu haqda Turkmenportal xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30-iyun kuni juma namozidan keyin turkman xalqining Milliy yetakchisi Qurbon hayiti sharafiga ehson qilgan. Sadaqada mamlakat delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, muqaddas Ka’bada Haj ziyoratiga borgan ziyoratchilar ishtirok etgan.
Sadaqa chog‘ida Taborak surasi o‘qilgan, so‘ng yig‘ilganlarga milliy taomlar tortilgan. Taom so‘ngida ishtirokchilar oyatlar o‘qib, sadaqani Alloh taoloning qabul qilishi uchun duolar qilgan.
Izoh (0)