Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlarda uning 8,2 million fuqarosi bor. Bu haqda UNICEF o‘zining tegishli hisobotida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston fuqarolarining qo‘shni hududlardagi taqsimoti quyidagicha:
- Eronda — 4,5 million;
- Pokistonda — 3,7 million;
- Tojikistonda — 9,5 ming;
- O‘zbekistonda — 2 mingni tashkil qiladi.
Turkmanistondagi afg‘on qochqinlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q. U yerda 2,1 million afg‘on qochqin maqomiga ega bo‘lib, ulardan 1,6 millioni “Tolibon” hokimiyatni egallab olgach kelgan.
Ta’kidlanishicha, 6,8 million afg‘on muhojiri yordamga muhtoj. UNICEF 2023-yilda afg‘on bolalari, ularning oilalari va mezbon jamoalarning ehtiyojlarini qondirish uchun 66,2 million dollar so‘ragan. 2023-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, moliyalashtirishdagi kamomad 44,4 million dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)