O‘zbekistonda avgust oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.
Davlat statistika agentligi hududlar kesimida palov narxini taqdim etdi. Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari (2023-yil avgust oyi uchun) 1 portsiya oshning o‘rtacha narxi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 20 800 so‘m
- Andijon viloyati – 22 400 so‘m
- Buxoro viloyati – 25 200 so‘m
- Jizzax viloyati –23 200 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 25 400 so‘m
- Navoiy viloyati – 20 400 so‘m
- Namangan viloyati – 19 800 so‘m
- Samarqand viloyati – 25 200 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 25 000 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 23 200 so‘m
- Toshkent viloyati – 21 800 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 19 500 so‘m
- Xorazm viloyati – 22 800 so‘m
- Toshkent shahri – 29 000 so‘m
Bunga asosan avgust oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzon palov esa Farg‘ona viloyatida tayyorlanadi.
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — osh narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiruvchi “Palov indeksi” 2020-yilning yanvaridan joriy etilgan. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirishda respublikaning barcha hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqiladi. Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida bir portsiya palovning o‘rtacha narxi belgilanadi.
Izoh (0)