Xitoy rahbari Si Szinpin sentabr boshida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 (Yigirmatalik guruhi) davlatlari sammitida qatnashmaydi. Bu haqda sammitga tayyorgarlik jarayoni bilan tanish Xitoy va Hindistondagi manbalar Reuters agentligiga xabar berdi.
Si Szinpin o‘rniga, agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, bosh vazir Li Syan Xitoy delegatsiyasiga boshchilik qiladi.
Si Szinpinning sammitga bormasligi sabablari hozircha noma’lum.
Avval Kreml matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.
Putin oktabr oyida Xitoyga “Bir kamar, bir yo‘l” forumida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Agar safar amalga oshirilsa, bu Putinning Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olishga order berganidan keyingi birinchi xorijiy tashrifi bo‘ladi.
Avgust oyida Si Szinpin Janubiy Afrikada BRICS sammitida ishtirok etdi. Putin esa sammitda video havola orqali qatnashdi. Janubiy Afrika hukumati Putin mamlakatga tashrif buyurgan taqdirda hibsga olinishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Izoh (0)