Argentinalik futbolchi Lionel Messi klipda suratga tushdi.
36 yoshli “Inter Mayami” hujumchisi Trofeo (“Sovrin”) nomli musiqaga ishlangan klipda paydo bo‘ldi.
Musiqani Maluma nomi ostida tanilgan Xuan Luis Londonyo Arias va puerto-rikolik qo‘shiqchi Yandel ijro etgan.
Klip so‘ngida Messi MLS klubi libosida paydo bo‘lib, Maluma’ga Leagues Cup kubogini uzatadi. Maluma’ning o‘zi esa Leo ismi tushirilgan libosda ishtirok etgan.
Reper o‘z Instagram sahifasida Lionel Messiga minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)