O‘zbekistonlik fuqarolar Rossiyadagi zavodga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqarolar Rossiyaning Saratov viloyatidagi metallkonstruksiya zavodiga elektr-gaz payvandchi sifatida ishga taklif etiladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:
- elektr-gaz payvandchi yo‘nalishi bo‘yicha tegishli guvohnomaga ega bo‘lish;
- xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
- rus tilini muloqot darajasida bilish;
- kamida 1 yillik ish tajriba;
- Rossiyaga kirish uchun taqiqi bo‘lmagan 20-45 yosh erkaklar.
Shuningdek, ish beruvchi tomonidan:
- aviachipta;
- patent xarajatlari;
- yotoqxona;
- maxsus ishchi kiyim.
Fuqarolar tanlovda agentlikning Namangan viloyati filialiga xorijga chiqish va biometrik pasportlari bilan kelishlari lozim.
Izoh (0)