O‘zbekiston fuqarolari isroilga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Isroilda uyda parvarishlash sohasiga fuqarolar ishga taklif etiladi. Ayol nomzodlarga ustunlik beriladi. Nomzodlar uchun talablar:
- 25-45 yosh oralig‘ida;
- Bo‘yi kamida 1,5 metr va vazni kamida 45 kg;
- parvarishlash bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadigan va nazorat qilinadigan kamida 240 soatlik o‘quv kursini tugatganini tasdiqlovchi sertifikat;
- tibbiyot kolleji yoki boshqa o‘quv markazlarida kamida 18 oylik hamshiralik ishi kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
- O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv muassasasida fizioterapiya kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
- ingliz va rus tilini o‘rta darajada bilishi;
- kamida 9 yillik o‘rta ta’lim maktabini tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma;
- ilgari Isroilda ishlamagan bo‘lishi;
- Isroilda ishlayotgan yoki yashayotgan turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki farzandlari bo‘lmasligi;
- jismonan va ruhan sog‘lom (sil, gepatit, sifilis, gonoreya va OITS bilan kasallanmagan) bo‘lishi hamda jismoniy parvarish ishlarini bajarishga qodir, giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilmasligi;
- sudlanmagan;
- O‘zbekiston fuqaroligi;
- COVID-19 ga qarshi emlangan, karantin talablariga rioya qilish.
Qayd etilishicha, oylik maosh 1,5 ming dollar. Ish vaqti o‘zgaruvchan. Isroil tomoniga xizmatlar savati (1000 AQSH dollari), aviachipta, viza, agentlik to‘lovi, yashash xarajatlari fuqaro hisobidan. Ro‘yxatdan o‘tish.
Izoh (0)