Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev taklifiga binoan 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 1-mart kuni Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Ozarbayjonga amaliy tashrif bilan borgandi. Prezident Bokuda Qo‘shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti yalpi sessiyada ishtirok etgandi. Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilgandi.
Izoh (0)