Toshkentning ikki tumani hududlariga 22-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, soat 10:00 dan 17:00 gacha Yashnobod tumanining “Olmos” mahallasidagi 70 ta yerli xonadonlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, ta’mirlash ishlari tufayli 22-avgust kuni soat 10:00 dan 24-avgust soat 18:00 gacha Bektemir tumanining “Iyk ota” va “Gulbog‘” mahallalaridagi 1940 ta yerli xonadon va 36 ta ulgurji iste’molchi tabiiy gazdan vaqtincha uziladi.
Shuningdek, 22-avgust kuni Sergeli va Yashnobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan. Shuningdek, mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)