• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Asadbek bo‘lish uchun 4 yil tayyorlanganman”. Otasiz ulg‘aygan, quruvchi diplomi bilan “Paxtakor”da darvozabon bo‘lgan Yodgor Sa’diyev 77 yoshda (foto, video)

    O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev bu yil 77 yoshni qarshiladi. Uni ko‘pchilik Asadbek roli orqali tanisa-da, aktyorning faoliyati rang-barang. Tabiatan jiddiy bo‘lgan inson hayoti haqida gapirishni u qadar istamaydi. Ammo tavallud sanasi arafasida uning shaxsiy hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlarni siz bilan o‘rtoqlashishga qaror qildik.

    “Otamni ko‘rmaganman”

    Aktyor Yodgor Sa’diyev oilada kenja farzand. U otasini ko‘rmagani, ammo u to‘g‘risida iliq fikrlarni eshitib katta bo‘lgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Skrin

    — Otam tug‘ilishimdan ikki oy avval vafot etgan ekan. Shu bois otam bilan bog‘liq hech qanday xotiralarim yo‘q. Ammo hamisha “Sening palaging toza”, degan gapni eshitib katta bo‘lganman. Dadam rahmatli Habib Sa’diy ham hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida aktyor bo‘lib ishlagan. Dadam vafot etganida akam 6 yoshda bo‘lgan ekan. U elas-elas bo‘lsa-da, dadamni eslaydi.

    Albatta, ikkita bola bilan beva qolish oson emas. Onamning vafotiga qadar “Otasiz voyaga yetdim”, deya o‘ksingan emasman. Boisi u kishi otam yo‘qligini sira bildirmagan. Va biror marta “Nega mening otam yo‘q?” degan savol bilan onamni qiynamaganman. Yo‘qsa onam 28 yoshida beva qolgan. Umr yo‘ldoshiga berolmagan mehrini ikki farzandiga ulashgan. Onam o‘zim o‘qigan maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berardi. Teatrga ishga kirganimda juda xursand bo‘lgandi. Spektaklga kelib, old qatorda o‘tirishni va tomoshadan keyin peshanamdan o‘pishni yaxshi ko‘rardi. Afsus, ota-ona g‘animat bo‘larkan, u 84 yoshda vafot etdi. Uzoq umr ko‘rgan bo‘lsa-da, uning o‘limidan keyin bo‘zlab qoldim, — deydi aktyor.

    “Akam yelkasiga o‘tkazib bog‘chaga olib borardi”

    Foto: Skrin

    — Bolaligim bilan bog‘liq shirin xotiralarim ko‘p. Akam Xayrulla Sa’diyev yelkasiga o‘tqazib meni bog‘chaga olib borardi. Ba’zan hazillashib “Meni ko‘tarib yurganingiz uchun bo‘yingiz mendan past bo‘lib qolgan”, deb kulaman. Abdusamat ismli tog‘am bo‘lardi. O‘zi aravakash bo‘lsa-da, juda tanti inson edi. U paytlari mahallada bo‘lsa bir yoki ikki insonning uyida televizor bo‘lardi. Haftaning ba’zi kunlaridagina hind kinolari namoyish etilardi. Akam bilan Sebzordan O‘rdagacha piyoda borardik. Televizor oldida 40 tacha odam yig‘ilardi. Mahalla-ko‘y va qarindoshlar bilan yig‘ilib, hind kinolarini tomosha qilardik. Menimcha, o‘sha vaqtdan boshlab akam ikkimizda san’atga mehr uyg‘ongan, — deydi aktyor Yodgor Sa’diyev.

    “Ilk o‘zbek darvozaboni bo‘lganman”

    Aktyorlik qahramonimizning qonida bo‘lsa-da, ammo u bolalikdan futbolga qiziqadi. Ustiga-ustak avvaliga san’at sohasida emas, quruvchilik texnikumida o‘qiydi. Xo‘sh, buning sababi nimada?

    Foto: Skrin

    — Bolalikdan sportga qiziqqanman. Maqtanishim mumkinki, men birinchi o‘zbek darbozabonlaridan biri hisoblanaman. Hujumchi yoki himoyachi bir nechta bo‘lardi, ammo darbozabon bitta bo‘lgan. Maktabni bitirib, qurilish texnikumiga o‘qishga kirganman. O‘qib ishlab yurgan paytimda 1964-yilning dekabr oyida “Paxtakor” futbol futbol jamoasiga ishga taklif etishgan. Muxlislarim juda ko‘p edi. Ammo baribir aktyorlikka bo‘lgan mehrim kuchlilik qildi. 

    1967-yilda Teatr va rassomchilik instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)da tahsil olayotgan paytimda birinchi marta “Mirzo Ulug‘bek” spektaklida farang elchisi, “Dilbarim” filmida Abdusalom obrazini ijro etganimdan so‘ng Bobur siymosini yaratish eng katta orzumga aylangan edi. Yaratgan rollarim ichida Bobur obrazi hayotimdagi eng unutilmas va eng hayajonli obrazdir. Mana shunday jiddiy rollar nasib etganidan keyin san’atga ipsiz bog‘lanib qoldim, — deydi Yodgor Sa’diyev.

    “Brigada” “Shaytanat”dan keyin olingan

    Aktyorning muvaffaqiyatli rollari ko‘p. Ammo ularning eng zo‘ri shubhasiz “Shaytanat” serialidagi Asadbek roli hisoblanadi. 

    Foto: “Daryo”

    — 1994-yili “So‘nggi o‘q” videofilmini suratga olayotganimizda rahmatli G‘ayrat Ubaydullayev “Tohirda “Shaytanat” degan yangi asar bor, bir so‘rab ko‘rgin”, degan. Asarni o‘qib chiqqach, uni film qilish shart deganman. Tohir aka bilan gaplashsam, yo‘q demagan. Ammo suratga olish ishlarini boshlashga shoshmaganman. Orada to‘rt yil uni qanday suratga olish kerakligi haqida o‘ylaganman.

    O‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga bu haqda aytganimda “Nima yordam kerak?” degan. Filmni suratga olish uchun studiya ochish kerakligi haqida aytganimda vazirlik qoshida “Qalqon” studiyasini ochishga ruxsat bergan. Bu janrdagi film nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham birinchi marta suratga olingan. 2000-yili Rossiya televideniyesida uning 6 qismi namoyish etilganidan so‘ng ancha vaqt o‘tib “Brigada” seriali tasvirga olingan, — deydi Yodgor Sa’diyev.

    “Qalqon”ning tashkil topishi

    Yodgor Sa’diyev teatrdan haydalgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

    Foto: Skrin

    — 1998-yili “Qalqon” studiyasi tashkil etilgach, teatrdagi faoliyatim studiyaga ko‘chirilgan. Rasman hech qachon ijodiy cheklovlarga uchramaganman. Ammo og‘zaki nimalardir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Men hamisha boshlagan ishimni yakunlashga, hammasi oliy darajada bo‘lishi harakat qiladigan insonman. O‘sha paytda bor e’tiborimni “Shaytanat”ga qaratgan edim. Serialni suratga olish uchun katta mablag‘ va vaqt sarflangan. “Tezroq namoyish etib pul ishlashimiz kerak”, degan fikr bo‘lmagan, — deydi aktyor Yodgor Sa’diyev.

    “Yuragim xasta...” 

    Yodgor Sa’diyev suhbat davomida 65 yoshidan buyon yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotgani, yuragiga bir necha marotaba stent qo‘yishgani haqida gapirib berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Meni shifokorlar bir asrab qolishgan. Bu 65 yoshga to‘lishim arafasida bo‘lgan. “Jigarbandim” filmi syomkasidan keyin suratga olish jarayoni paytida bo‘lgan edi. Keyin tekshirtirsak, koronagrafiya qildirgandik, shunda stent qo‘yish kerak deyishgandi. O‘shanda tug‘ilgan kunimdan 4-5 kun oldin o‘shani qo‘yib, qutqarib ham qolindi desa ham bo‘ladi.

    Hozirgi meditsina shunchalik rivojlanganki, ilgari odamlarda bu narsa bo‘lmagan. Tomirlarda qon o‘tishi yomonlashgandan keyin, qon o‘tishi 100% bo‘lmagan, 40—30% bo‘lgandan keyin u infarktga olib keladi.

    Hozirgi tibbiyot shu narsalarni joy-joyiga qo‘yib, Allohga beadad shukr, bu orqali qancha odamlar davo topyapti va hayoti davom etmoqda. Menda ham xuddi shunaqa bo‘lgan. Keyin yana bir marta bo‘ldi. Kelinoyingiz vafotidan bir oydan so‘ng bo‘lib, keyin yana bir marta qo‘yildi, — deydi aktyor.

    “Ayolimga suyanib qolgan ekanman”

    Aktyor onasidan keyin turmush o‘rtog‘iga suyanib qolgani, uning vafotidan so‘ng yolg‘izlikni his qilgani haqida kuyunib gapiradi.

    Foto: Instagram

    — Afsuski, yaqinlarimizning borida qadriga yetmas ekanmiz. Onamning vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘imga suyanib qolgan ekanman. Ammo buni vafot etganidan so‘ng angladim. Men uchun borini ayamaydigan, e’tibor beradigan inson edi. Ko‘rinishimdan men qattiqqo‘l ko‘rinsam-da, tarbiyada u talabchan edi. Habibulloh va Munisxon ham bolalikda onasidan ko‘proq hayiqqanlari haqida ko‘p gapirishadi.

    Turmush o‘rtog‘im san’atshunos bo‘lgani uchun u bilan kino va teatr haqida soatlab suhbatlashish mumkin edi. Turmush o‘rtog‘im bolaligim, san’atga kirib kelishim, rollarim haqida ko‘p so‘rardi. “Anavi rasm qayerda, bunisini qayerdan olsam bo‘ladi”, derdi. Keyin bilsam u men haqimda kitob yozmoqchi bo‘lgan ekan. Tug‘ilgan kunim kuni kitobni qo‘limga tutdi. Ammo o‘sha paytda kitobni to‘liq o‘qib, unga minnatdorlik bildirolmagan ekanman. Vafotidan keyin kitobni bir necha marta o‘qib, menga bo‘lgan mehri naqadar kuchli bo‘lganini his qilyapman, — deydi Yodgor Sa’diyev.

    19.06.2023, 21:17   Izoh (0)   38768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ularning yoshligini ko‘rmagansiz ham: keksayganda mashhur bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    19.06.2023, 20:40

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    19.06.2023, 19:30

    “Malika Ravshanovadan 3 ming dollar qarz so‘ragandim” — Suhrob Hamdamov qarz bermasa ham hamkasbi sabab 15 yillik orzusi ushalgani haqida gapirib berdi (video)

    19.06.2023, 16:40

    “Alisher Hamroyevning bolalari otasidan qolgan uyga kiritilmayapti” — Guloyim Mahmudova qarindoshlar o‘rtasidagi nizoli vaziyat sudgacha yetib borgani haqida so‘zl...

    19.06.2023, 14:51

    “Kanizak Izaura” seriali yulduzi Luseliya Santus hozir qanday ko‘rinishga ega va nimalar bilan band? (foto)

    18.06.2023, 21:14

    Ularning maqsadi — dunyoni yaxshiroq qilish: Begonalarning musibatiga e’tiborsiz qarolmaydigan mashhur ayollar (foto) 

    18.06.2023, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.