Toshkent shahrining ikki tumanida 22-avgust kuni vaqtincha elektr taʼminoti o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 22-avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Sergeli tumani: “Xonobod tepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Arg‘in” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan. Shuningdek, mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)