Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Prognozlarga ko‘ra, 21—25-avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 21-avgust kuni kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida baʼzi joylarda va 22—24-avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja, kunduzi 21-avgustda 34-39 daraja, 22—23-avgustda 32-37 daraja, 24—25-avgustda 34-39 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25-avgust kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi.
20-avgustda shimolda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25-avgustda 37-39 daraja, 22—25-avgustda 34-37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 19-22 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh (0)