Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram kanalida Rossiya hozirgi Ukraina davlati yer bilan yakson qilinmaguncha to‘xtamasligi kerakligini yozdi.
“Birovning urushi ertami kechmi zerikarli, qimmatga tushadigan va ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Lekin biz uchun bu xalqimiz ishtirokidagi fojia. Bu ekzistensial mojaro. O‘z-o‘zini saqlab qolish uchun urush. Yo ular yoki biz”, — deb yozdi Medvedev Telegram kanalida.
Uning fikricha, G‘arb hukumati o‘zgaradi, ularning elitasi charchab, muzokaralar olib borish va mojaroni to‘xtatishni yalinib so‘raydi.
“Har qanday qarshi hujum nihoyasiga yetadi. O‘lganlar unutiladi, yaralar bitib ketadi. Lekin biz hozirgi mohiyatiga ko‘ra terrorchi davlat bo‘lgan Ukraina butunlay parchalanmaguncha to‘xtamasligimiz kerak. Uni yer bilan yakson qilish kerak”, deb yozadi u.
Izoh (0)